So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  3 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

Dilyaver Vaniev: "Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz"

Superliga 18-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Mashal"(4:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida biror fikr bildirishim qiyin. Biror bir so'z ham topa olmayapman. Ha, mag'lubiyatga uchradik. To'rtta gol, albatta, ko'p. Men tomon tanqidlar yog'ilishi tabiiy. Na iloj, bosimga dosh berishga harakat qilamiz. Oldinda FIFA kunlari sababli tanaffus yuzaga kelmoqda. Yigitlar bilan hotirjam o'tirib gaplashib olamiz. "Nasaf" har jabhada tezkorlik bilan harakat qildi, futbolchilarimizni noqulay ahvolga solib qo'ydi. Demak, men jamoani o'yinga yaxshi tayyorlay olmaganman",- deydi Vaniev.

- Humoyun Murtazoev va Sardor Abduraimov o'tgan mavsumda "Nasaf" safida yorqin o'yin ko'rsatishdi. Bu mavsum boshida esa "Bunyodkor"ga ijaraga berildi va ular bu jamoada o'z o'yinlarini yo'qotib qo'yishdi. Unda nima uchun "Nasaf"dan qaytarib olindi ular?

- Bu savolni rahbariyatga berganingiz maqul. Sardor yomon taassurot qoldirmayapti. Humoyunda esa jarohat bor.

- Legionerlar qay darajada ishonchni oqlamoqda?

- O'rtacha, degan bo'lardim. Bundan ham yaxshiroq o'ynashni istaymiz. 

- "Mashal"da barqarorlik ko'rinmayotgandek. Jamoani mavsum yakunida nechanchi o'rinda tasavvur qilyapsiz?

- Yuqori o'rinlar uchun intilamiz. Lekin, hamma narsa bo'lishi mumkin. Oldindan biror narsa deb bo'lmaydi. Hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Futbolchilar oldiga doim maksimal vazifani qo'yamiz. 

- Matbuot anjumanida sizni ensangizni qotiradigan savollarni ayta olasizmi?

- Bu borada hech qanday muammo yo'q. Hamma savollar yaxshi. Faqat, ikkinchi turda "Bunyodkor" bilan o'yinda bir yoshi katta kishi Superligada qolasizlarmi degan savol bergan va shunga yarasha javob qaytargan edim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика