So’nggi yangiliklar

00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  0 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  0 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  2 23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  3 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  51 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  6 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0

Dilshod Jo'raev qaerda? Yangiliklar

Dilshod Jo'raev qaerda?

Toshkentning "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Dilshod Jo'raev ikki yil oldin o'z o'yinlari bilan jamoaning asosiy futbolchisiga aylangandi.
Biroq o'tgan yil jamoaga Sergey Lushan kelgach Jo'raev zaxirada qolib keta boshladi. Futbolchi jamoaning oliy liga va kubok o'yinlari uchun bergan zayavkasidan o'rin olmadi. SHu bois "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri Dilshod bilan bog'landi.

- To'g'ri hozir "Bunyodkor" safida emasman. Jamoa meni chempionatga topshirgan ro'yxatga ham kiritgani yo'q. Nima uchun bunday bo'lganini o'zim ham hayronman. Qishda jamoa bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rdim. Yaqin-yaqingacha ham mashg'ulotlarda ishtirok etayotgandim. Biroq negadir bosh murabbiy meni chetga chiqarib qo'ydi. Buning sababini yaxshisi murabbiy va klub mutasaddilaridan so'raganingiz maqul, - deydi Dilshod Jo'raev.  

SHundan so'ng klub bosh murabbiyi Sergey Lushanning ham fikrlarini tingladik:

- Ayni paytda Dilshod Jo'raev asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarimizda ishtirok etmayapti va u erkin futbolchiga aylangan. O'ziga yangi klub topguniga qadar Dilshod o'rinbosarlarimiz bilan shug'ullanib turibdi. Uni oliy ligaga ham zayavka qilmadik. Yurtimizda chempionat bahslari boshlanib bo'ldi va uni qaysi jamoada o'ynashini bilmayman. U mavsum boshlanishi arafasida boshqa klubga o'tishini aytdi. Biz uning qaroriga qarshilik qilmadik. U qaysidir jamoa bilan muzokara ham o'tkazdi. Lekin nimagadir bu o'tish amalga oshmadi. SHuni aytishim kerakki, Dilshod iqtidorli futbolchi. To'g'ri ayni paytda jamoamizda raqobat kuchli. Agar Jo'raev jamoada qolganida ko'p vaqtini zaxirada o'tkazishi mumkin. Ko'proq o'ynashni istagani uchun futbolchining o'zi ketishga ruxsat berishlarini so'radi, - deydi Sergey Lushan.


Boburbek Tursunov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика