So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Dilshod Rahmatov: "Maqsadimiz Jahon chempionatiga yo'llanma olish" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Maqsadimiz Jahon chempionatiga yo'llanma olish"

Bugun "O'zbekiston" sport majmuasida O'zbekiston va Eron futzal terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini tashkil etildi.

Bunda eronlik futzalchilar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindan keyin Dilshod Rahmatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Eron bilan 2016 yil finalda va keyingi Osiyo chempionatida o'ynagandik. Bugun tengma-teng harakat qildik. Ko'rinib turibdi ularning tarkibida ham o'zgarishlar bor. Fikrimcha, Eronda ham pandemiya sababli to'xtalishlar, o'yinlar kam bo'lgani tasir qilgan. Bizda ham shunday. Bugun yomon harakat qilmadik, o'zimizning xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Bu o'yin bizga Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. 

Eron nafaqat Osiyoda, Jahonda ham kuchli uchlikdan joy oladi. Osiyo chempionati orqali Jahon chempionatiga yo'llanma olishni maqsad qilganmiz. Terma jamoamizning tarkibida yoshlar ko'p.  Jarohat olganlar ham bor. Anasxon Rahmatov, Rustam Umarov biz uchun katta yo'qotish hisoblanadi. SHunga qaramasdan ularning o'rnini bosadigan o'yinchilar bor. Terma jamoani optimal formaga kirishi o'zimizga bog'liq. Osiyo chempionatigacha bo'lgan ikki oy biz uchun etarli bo'ladi deb o'ylayman",- deydi Dilshod Rahmatov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика