So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Dilshod Rahmatov bilan suhbat: Kolumbiyadagi JCH xotiralari, pandemiyaning faoliyatiga tasiri va yaqinlashib kelayotgan mundial haqida Yangiliklar

Dilshod Rahmatov bilan suhbat: Kolumbiyadagi JCH xotiralari, pandemiyaning faoliyatiga tasiri va yaqinlashib kelayotgan mundial haqida

O'zbekiston futzal terma jamoasi azosi Dilshod Rahmatov FIFA.com sayti jurnalistining bir qancha savollariga javob berib o'tdi.

Mazkur intervyu FIFA va O'FA mediasi hamkorligida tayyorlandi.

FIFA.com bilan suhbatlashishga rozi bo'lganingiz uchun rahmat. Futzal bo'yicha 2021 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma olganingiz bilan tabriklayman. O'zbekiston OFK tomonidan jahon chempionatida Osiyo vakillaridan biri sifatida ko'rsatilgan. SHu o'rinda ayting-chi, Jahon chempionatiga qaytish haqida qanday fikrdasiz?

— Assalomu alaykum, barchaga. Avvalo Jahon chempionati ishtirokchilariga omad tilayman. Pandemiya paytida bu musobaqani o'tkazilishi ham yaxshi albatta.

Savolga keladigan bo'lsak, O'zbekiston nomidan 2-marotaba mundialga kelmoqdaman. Bu aynan mening faoliyatimning eng pik nuqtasi. Men bolaligimdan JCH da o'ynashni orzu qilardim. Ilk marta 2016 yilda bu turnirda jamoam bilan qatnashgan bo'lsam, buni 2-marotaba bo'lmoqda. Albatta Vatanim sharafini himoya qilish imkoni berilganidan xursandman.

COVID-19 davrida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish borasida qanday qiyinchiliklar va muammolarga duch keldingiz?


— Menimcha, boshqa terma jamoalarga qaraganda ko'proq mehnat qildik. Bizning asosiy mashg'ulotlarimiz Bahodir Ahmedov boshchiligida Toshkentda o'tkazildi. Kovidning asosan musobaqalarga tasir o'tkazdi. O'rtoqlik uchrashuvlarimiz qoldirildi. Kuvayt va Taylanddagi turnir kechiktirildi. Lekin juda ham katta tasir qildi, deb ham aytolmayman. CHunki biz amaldagi Jahon chempionlari — Argentina bilan, shuningdek Afrika chempioni Marokash, bundan tashqari Osiyo chempioni Eron bilan ham 2 marta o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. Menimcha, bu tajribalar bizga JCH payti asqatadi.

Orqaga nazar tashlasak, siz 2016 yilgi futzal bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston sharafini himoya qildingiz va 4 ta gol urib, jamoangiz futzal bo'yicha Jahon chempionati Kolumbiya-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritishda hissa qo'shdingiz. Ayniqsa, chorak finalda Iroqni 3: 0 hisobida mag'lub etildi. Bu yurish siz va jamoangiz uchun qanchalik muhim edi?

— 2016 yil mening faoliyatimdagi eng yaxshi yil bo'lgan. Men bungacha O'zbekiston va Xitoy chempioni bo'lganman, biroq katta musobaqa — JCHda ishtirok etish bu katta natija edi. Hal qiluvchi o'yinda butun o'yingoh to'la odam edi, bundan tashqari bizni TV orqali butun O'zbekiston ko'rib turgandi. JCH yo'llanmasini bunday qo'llab-quvvatlash orqali qo'lga kiritganmiz. Bu juda esda qolarli vaziyat men uchun.

Iroqqa qarshi bahs haligacha esimda. Jamoam 3:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lganman. Albatta bu narsalar yoqimli. Menimcha bu kunlarni umuman unutmasam kerak.

O'sha o'yinlar biz uchun juda muhim edi. CHunki biz ungacha hali JCHda ishtirok etmagandik. Futzal 1996 yilda tashkil etilgan bo'lsa-da, o'sha paytlarda mundialga chiqish nasib qilavermagan. 2012 yilgi Osiyo chempionatida ham finalda azaliy raqibimiz Eronga yutqazib qo'yganmiz. Xullas, bizda katta bosim bor edi. CHunki biz tarixda birinchi marta JCH ga chiqishimiz mumkin edi. Bunday g'alabalarni esdan chiqarib bo'lmaydi.

O'zbekiston futzal bo'yicha birinchi jahon chempionatida guruh bosqichidan chiqa olmagandi, lekin mezbon Kolumbiya bilan 3:3 hisobida durang o'ynalgan. Ayting-chi, o'tgan JCH tajribalari haqida nimalarni eslaysiz? Siz uchun eng esda qolarli lahza qaysi edi?


— Kolumbiyada o'tkazilgan Jahon chempionatini kechagidek eslayman. Aytganimdek, bu tarixiy voqea edi. JCHda oddiy jamoani o'zi bo'lmas ekan. Masalan, biz birinchi o'yinda sal kuchsizdek ko'ringan raqibimiz — Pana termasiga 3:1 hisobida yutqazib qo'yganmiz. O'shanda birinchi o'yin bo'lganligi uchun bizga tajriba etishmagan. keyingi o'yinda mezbon Kolumbiya bilan 3:3 hisobini qayd etganmiz. 3-o'yinda esa Portugaliyaga 5:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz. O'sha o'yinda raqiblarimiz safidagi Ricardinho barcha narsani hal qilgandi, desam ham to'g'ri bo'ladi. Bizda tajriba etishmagan bo'lsa-da, raqiblarimizga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilganmiz.

Yana bir bor JCH da o'ynash imkoniga ega bo'lmoqdasiz. SHu o'rinda nimalarni his qilmoqdasiz, o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz? O'zbekiston bu safar keyingi bosqichiga chiqib, yangi yutuqlarga erisha oladimi?


— Aytganimdek, bunday yirik musobaqalarda ishtirok etish har bir futbolchi uchun katta baxt. O'tgan safargi tarkibdan Rustam Umarov va men qoldim (Davron CHoriev u payti yosh edi). Men har bitta o'yinga jiddiy qarab, butun kuchimni tashayman. Ushbu JCHga ham jiddiy qaramoqdaman. Bor kuch-energiyamizni sarflashni maqsad qilganmiz.




Siz «B» guruhida Gvatemala, Misr va Rossiya bilan bir qatordan joy oldingiz. Guruhdagi raqiblaringiz haqida qanday fikrdasiz va bu guruhdan chiqish imkoniyatingiz qanday?


— JCHda kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Uchala raqibimiz uch xil jamoa. Gvatamela biz uchun yangi jamoa, avval ular bilan o'ynab ko'rmaganmiz. SHunday bo'lsa-da, murabbiylar bizga ularning o'yinlarini videolar orqali ko'rsatishdi. Rossiyaga kelsak, ular bilan avval o'ynaganmiz, bizda kerakli xulosalar bor. Misr bilan esa Tailandda bo'lgan musobaqada to'qnash kelganmiz. O'shanda ularni mag'lub qila olgan bo'lsa-da, baribir hozir JCHda vaziyat umuman boshqacha bo'ladi.

Birinchi maqsadimiz — guruhdan chiqish. SHu sabab biz natijaga maksimal harakat qilamiz.

O'zbekistonda futzalning holati qanday? Mamlakatingizda bu sportning kelajagini qanday tasavvur qilmoqdasiz?


— Bizda futzal holati yaxshi, biroq bundan ham yaxshi bo'lishi mumkin. Masalan, avvalgi JCH tarkimizdan farqli ravishda bu safargi tarkibimiz asosan yoshlardan tashkil topgan. Bu degani — bizda yoshlar etishib chiqmoqda, o'sish bo'lmoqda. Boshqa davlatlar bilan solishtirganda bizning futzal ancha yaxshi rivojlanmoqda.

Pandemiya hayotingiz va ishingizga qanchalik tasir ko'rsatdi? Jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisiz?


— Pandemiya bizda asosan o'tgan yili qattiq bo'ldi, uydan chiqmadik. Barcha mashg'ulotlarni uydan qilishga to'g'ri keldi. Doimiy ravishda mashg'ulotlar qilib yurgan odamlarga uyda qolib ketish jiddiy tasir qilar ekan. Lekin ruhan cho'kib qolmaslik uchun barcha kerakli choralarni amalga oshirdik. Xudoga shukur, vaziyat hozir yaxshi.

JCHga chiqqan kunimizdanoq harakatni boshlab yuborganman. O'tgan safargi musobaqada qilgan xatolarni takrorlamaslikka intilamiz. Bor kuchimizni shunga sarflaymiz.

Bu musobaqaga, aytganimdek, jiddiy qaramoqdamiz. Argentina, Venesuela bilan o'rtoqlik o'yinlari, Tailanddagi musobaqa, shuningdek Ispaniyaga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinlari orqali o'yinimizni kuchaytirib bormoqdamiz. Maqsadimiz jiddiy.

Hozirgi murabbiy Bahodir Ahmedov qo'l ostidagi tarkib haqida qanday fikrdasiz? Uning boshqaruvida jamoa qanday o'sishga erishdi?


— Bahodir aka Xose Mariya Mendes (avvalgi murabbiy) oldida ko'p tajribaga ega bo'lgan. Unda qobiliyat ham etarli. Natijalar ham hammasini aytib turibdi. Masalan, u 2014 yildan beri terma jamoada bo'lsa, o'sha yilda Osiyo chempionatida 3-o'rinni oldik, 2016 yilda 2-o'rinni oldik. 2017 yili Ashxobodda 2-o'rinni qo'lga kiritdik.

10 yil avvalgi holat bilan hozirgining farqi bor. Bahodir aka o'zidagi shijoatni bolalar etkazib bera olyapti. Murabbiy va futzalchilar orasida yaxshi munosabat saqlangan. Bu esa mana shu oldimizda turgan musobaqada ham kerakli natijaga hissa qo'shadi deb o'ylayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика