So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

Dilshod Nuraliev: “Qaysidir manoda quradan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “Qaysidir manoda quradan ko'nglim to'ldi”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kuzda BAA stadionlarida U-17 o'smirlar terma jamoalari ishtirokida jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Nufuzi jihatidan birinchi o'rinda turadigan ushbu musobaqaga dushanba kuni Abu Dabidagi "Bab Al Bahr Hotel" mehmonxonasida qura tashlash marosimi o'tkazildi. Unda U-17 o'smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev va terma jamoa etakchisi Otabek SHukurov  ham ishtirok etdi. Qura natijalariga ko'ra U-17 o'smirlar terma jamoamiz “S” guruhidan joy oldi. Ushbu tadbirdan so'ng, Nuraliev va SHukurov yurtimizga qaytib keldi. SHu bois U-17 o'smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi bilan suhbatlashdik.

- Dilshod aka, BAAga uyuushtirilgan safardan ko'nglingiz to'ldimi? Umuman olganda, qura tashlash marosimidan olgan taassurotlaringiz qanday?

- Xudoga shukur, biz uchun hammasi yaxshi kechdi. 26 avgust kuni ertalab Abu Dabiga etib bordik. U erda bizni juda yaxshi kutib olishdi. Bizdan tashqari ushbu jahon chempionatida ishtirok etuvchi davlatlarning ham bosh murabbiylari va futbolchilari qurada ishtirok etish uchun tashrif buyurishdi. O'sha kunning o'zida, Toshkent vaqti bilan 20:00da marosim boshlandi. Tashkilotchilik BAAda har gal juda alo darajada o'tadi. Bu safargi tadbir ham bundan mustasno emas.

- Qura bizni Xorvatiya, Marokash va Panama o'smirlar terma jamoalari bilan bir guruhda ro'baro' qildi. Bundan qoniqish xosil qildingizmi?

- Quraning ko'zi ko'r deb, bejizga aytishmaydi. Bilasizmi bunday yoshdagi terma jamoalarning nomiga qarab baho berish hamisha o'zini oqlamaydi. CHunki 17 yoshli futbolchilarning o'yini doimo bir hil saviyada bo'lmaydi. Ularning harakatida gohida pasayish, bazida o'sish ko'zga tashlanadi. SHu bois guruhimiz haqida hozir bir narsa deyish qiyin. Lekin Argentina, Braziliya, Italiya, Qot-d’Ivuar hamda Nigeriya kabi nomdor o'smirlar terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olmaganiz biz uchun quvonchli bo'ldi deyish mumkin. CHunki bu terma jamoalar safida jismonan ancha baquvvat bo'lgan futbolchilar o'ynaydi. SHuning uchun aytish kerakki, qaysidir manoda quradan ko'nglim to'ldi.

- Qaysi terma jamoalar bilan bir guruhda bo'lishni kutgandingiz?

- Ochig'i, bu borada birorta terma jamoani ko'rsata olmayman. Barisi taqdir, peshonadan deya, qurani kutib o'tirdik. CHunki quradan qochib qutilib bo'lmaydi. Qura bizga qaysi raqibni ro'baro' qilsa ham unga qarshi o'ynashga majburmiz.

- Qaysi guruhni “o'lim” guruhi degan bo'lardingiz?

- Hozir (biroz o'ylanib), menimcha shu “V” guruhida nom jihatdan ancha kuchli terma jamoalar o'rin egalladi. Urugvay, Yangi Zelandiya, Kot-d'Ivuar, Italiya – bularning barchasi ancha baquvvat terma jamoalar sarasiga kiradi. Xususan Kot-d'Ivuar Afrika chempioni. Italiya esa Evropa chempionti yarim finalchisi bo'lgan. Urugvay esa menimcha lotin amaerikasida ikkinchi o'rinni egallab chiqdi.

- Guruhimizdan o'rin olgan Xorvatiya, Marokash, hamda Panama o'smirlar terma jamoalaridan ko'proq qaysi biri sizga xavfli ko'rinmoqda?

- Yuqorida aytib o'tganimdek, hozirdan biror bir raqibni alohida ko'rsatish to'g'ri bo'lmaydi. Boshqacha aytganda, bunday yoshdagi terma jamoalar o'rtasidagi jahon chempionatida nomlar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. SHuning uchun unda kuchsiz sifatida qaralgan terma jamoalar, etakchilarga haqiqiy bosh og'riq bo'lishi ham hech gap emas. Har bir raqibimizni hurmat qilgan xolda, musobaqa bo'lgan tayyorgarlikni yanada kuchaytiramiz. Xorvatiya safida bir qator etakchi klublarda o'ynayotgan o'yinchilar bor. Malum bo'lishicha “Ayaks”, Yuventus”, “Barselona” yoshlar jamoasi hamda Franciya jamoalarida o'ynayotgan bir qator futbolchilar bugungi kunda Xorvatiya o'smirlar terma jamoasiga nomzod sanaladi. Marokash haqida iliq gaplarni aytish mumkin. Sababi bu jamoa ham saralash o'yinlarida kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borgan va ularning ichida o'zini ko'rsatishga erishgan. Eng asosiysi biz yigitlarimizni bu raqiblarga qarshi puxta tayyorlab, ularga to'g'ri ko'rsatma bera olishimiz kerak bo'ladi.

- Guruhdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimizni qanday baholaysiz?

- Hammasini o'yin ko'rsatib beradi. Ko'p narsa yigitlarni tayyorgarligiga ham bog'liq. SHuning uchun futbolchilarni har bir o'yinga munosib tayyorlashga harakat qilamiz. Hozirdan guruhdan chiqamiz deb, katta gapirish kerak emas. Maqsadimiz BAAda imkon qadar ko'proq o'yin o'tkazishdir. Buning uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz. Muxlislarimizni quvontirishni va yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelishni istaymiz.

- Endilikda raqibni o'rganish ishlari boshlab yuborilgandir?

- Ha, guruhimizdagi terma jamoalar haqida imkon qadar malumotlar yig'ib bormoqdamiz. Ularning o'yini tushirilgan video tasvirlarni ham topib, ko'rib chiqishni boshlab yubordik. Bu borada ishni bir zum ham to'xtatib qo'ymaymiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика