So’nggi yangiliklar

01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  1 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  17 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0

Dilshod Nuraliev: "Olimpiya terma jamoasida istedodli futbolchilar jamlangan" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Olimpiya terma jamoasida istedodli futbolchilar jamlangan"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 28 avgust - 10 sentyabr kunlari davomida Slovakiyadagi xadqaro turnirda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi belgilangan muddatda Slovakiyaga etib borganiga qaramay, ishtirok etishi lozim bo'lgan 5 jamodan ikkitasi qatnasha olmaydigan bo'ldi. SHunga qaramay, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA hamda Saudiya Arabistoniga qarshi ikkitadan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga erishdi.

Bir necha kun avval Toshkentga qaytgan olimpiya terma jamoasi katta murabbiyi, ushbu turnirga jamoani olib borgan Dilshod Nuraliev bilan o'tkazilgan yig'in haqida suhbatlashdik.

- Aytingchi, nega Slovakiyadagi turnir o'tkazilmadi?

- Gap shundaki, ushbu o'rtoqlik turnirida 5 jamoa ishtirok etishi kerak edi. Biroq ayrim sabablarga ko'ra turnirda ishtirok etish uchun faqat uchtasi - O'zbekiston, BAA va Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoalri etib kelishdi. Musobaqa mezboni - Slovakiya olimpiya terma jamoasi safida bir-necha jarohatlangan futbolchilar borligi va yaqinda rasmiy o'yinda Belarus olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishlari kerak bo'lgani uchun bu turnirda ishtirok etishdan bosh tortgan bo'lsalar, Iordaniya olimpiyachilari Slovakiyaga borish uchun viza maslasini hal eta olmagani sabab qatnashmadi.

- SHunday qilib, musobaqa bekor qilindi. Ammo sizlar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishga erishdinglar, to'g'rimi?

- Ha, BAA va Saudiya Arabistoniga qarshi ikki martadan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Musobaqa o'tkazilmagani, Osiyo chempionatiga yaxshi tayyorgarlik jarayonini o'tkazishimizga halal bergani yo'q. Ishonchim komilki, o'tkazilgan o'yinlarning jamoaga katta yordami tegadi. Raqiblarimiz menda juda yaxshi taassurot qoldirishdi. BAA olimpiya terma jamoasida ham Saudiya Arabistonida ham kuchli futbolchilar yig'ilgan ekan. Osiyo chempionatiga tayyorlanish jarayonida mana shunday raqiblarga qarshi o'yin o'tkazish shart. Bizning sparring-raqiblarimiz aynan Osiyo jamoalari bo'lgani ham quvonarli. Axir Qatardagi musobaqada aynan o'z qitamiz jamoalariga qarshi o'ynaymiz.

- O'yinlar-chi, ular qanday kechdi?

- BAAga qarshi dastlabki o'yin, to'laligicha bizning ustunligimizda o'tdi. Ammo faqat 1:0 hisobida g'alaba qozonishga erishdik xolos. Agar vaziyatlardan foydalanishda xatolarga kamroq yo'l qo'yganimizda, hisob yirikroq ko'rinish olishi ham mumkin edi. Ikkinchi uchrashuvimiz Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi kechdi. Bu yo'inda asosan jamoaning, shartli ravishda, ikkinchi tarkib deb ataydiganimiz azolarini maydonga tushirdik. CHunki hamma futbolchilarni ko'zdan kechirishimiz kerak edi. Birinchi taymdayoq saudiyaliklar bizning darvozaga uchta gol kiritishdi. Ikkinchi taymda tarkibni o'zgartirib, o'yindagi ustunlikni o'z tomonimizga og'dirishga erishdik. O'yin esa 3:1 hisobida Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi foydasiga tugadi. BAA bilan javob uchrashuvimizda raqib revansh olishga intilayotgani sezilib turgandi, biroq biz bunga yo'l qo'ymadik. Ular urgan golga Temur Hakimovning chiroyli va aniq zarbasi bilan javob bera oldik. So'nggi o'yin Saudiya Arabistoniga qarshi bo'ldi. Bu uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsayam, qizg'inlik va tomoshaboplik borasida eng yaxshilaridan biri bo'ldi, deb ayta olaman.

- Futbolchilar sizda qanday taassurot qoldirishdi?

- Umuman olganda, yigitlar o'yinlarda o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi. Albatta, hali qilinadigan ishlar ko'p. Ammo shuni aytishim mumkinki, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi istedodli yigitlardan tashkil topgan. Slovakiyaga biz Igor Sergeev, Javohir Sohibov, Vladimir Kozak kabi futbolchilarni olib kelolmadik. Ular milliy terma jamoa bilan qolishgandi. O'ylaymanki, ular qo'shilgach, jamoa yana-da kuchliroq bo'ladi. Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga kerakli ravishda tayorlanib olishimiz uchun etarlicha vaqtimiz bor. Umid qilamanki, rejalashtirilgan ishlarni o'z vaqtida bajara olamiz. Ishning to'g'ri yo'lga qo'yilishi - kerakli natijaning qo'lga kiritilishiga olib kelishi kerak.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati Qatar poytaxti Doxada, kelasi yilning 12 - 30 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика