So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Dilshod Nuraliev: Guruhimizda favorit yo'q Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: Guruhimizda favorit yo'q

O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamaosi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichidagi raqiblar haqida o'z fikrini bildirdi va guruhda favorit jamoa yo'qligini takidladi.

26 avgust kuni Abu Dabi shahrida U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichining C guruhida Marokash, Panama hamda Xorvatiya o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi. O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev qura natijalari haqida o'z fikrini bildirdi va guruh bosqichida barcha to'rt terma jamoanining imkoniyati bir xil ekanini takidladi.

Guruhimizda favorit yo'q. Bizning guruhimizdagi barcha terma jamoalarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bir xil deb o'ylayman, - deydi Nuraliev.

Ayni damda, guruhdagi raqiblarimiz haqida ozmi ko'pmi malumotlar bor. Aytishim mumkinki, biz ko'pchilik takidlayotgandek kuchsiz guruhga tushmadik. Marokash o'smirlar terma jamoasining 14 nafar futbolchisi Evropa chempionatlarida to'p suradi. Ular orasida Barselona, Yuventus, Inter kabi dunyoning eng kuchli klublarida to'p surayotgan futbolchilar ham bor. Marokash o'smirlar terma jamoaning o'zagini esa, Belgiya chempionatining etkachilari, Standart hamda Bryugge klublarida to'p surayotgan futbolchilar tashkil etadi. Ushbu terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarning videolavhalarni ko'rdim va aytishim kerakki bu terma jamoa jismonan juda baquvvat futbolchilardan tashkil topgan. Hulosa o'rnida aytishim mumkin, Marokash ancha mahoratli futbolchilardan tashkil topgan va jahon chempionati bahslarida ko'pchilik uchun haqiqiy bosh og'riq bo'lishi mumkin, deya qo'shimcha qildi Dilshod Nuraliev.

Guruhdagi qolgan ikki raqibimiz haqida ham faqat iliq fikr bildirish mumkin. Panama o'z qitasining ikkinchi terma jamoasi sifatida jahon chempionatiga tashrif buyuradi. Panama o'smirlar terma jamoasi o'smirlar o'rtasida KONKAKAF chempionatida finalgacha etib borib, Meksikaga mag'lub bo'lgan, deya qo'shimcha qildi Nuraliev. Xorvatiya o'smirlar terma jamoasining asosini Dinamo Zagreb klubi futbolchilari tashkil etadi. Bu jamoa safida ECHL saralash bosqichlarida to'p surishga ulgurgan mahoratli futbolchilar mavjud.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2-9 sentyabr kunlari Avstriyada navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi va bu yig'in davomida mezbon - Avstriya U-17 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Terma jamoa bosh murabbiyi, Avstriyadagi yig'in oldidan bir qator jarohat olgan asosiy tarkib futbolchilarning safga qaytishiga umid qilayotganini takidladi.

Avstriyadagi yig'in davomida bir qator jarohat olgan futbolchilar safga qaytadi. Jahon chempionati bahslari boshlanguniga qadar ularning jismoniy holatlarini tiklab olishlari ustida ko'proq ishlaymiz. Terma jamoamiz sardori Otabek SHukurok, Toshkentdagi yig'inni o'tkazib yubordi. Ayni damda asosiy futbolchilarimizdan biri hisoblanadigan SHukurov tiklanish mashqlarini bajarmoqda. Tarkibimizdagi boshqa jarohat olgan futbolchilar ham asta-sekin tiklanish jarayonidan o'tmoqda. BAAga jo'nab ketishimizdan oldin ularning safimizga qaytishi biz uchun muhim.

Jahon chempionati bahslarida munosib ishtirok etishni istaymiz. Terma jamoamiz oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan. Biz ham o'z navbatida, qo'limizdan kelgancha harkat qilib, barchaning ishonchini oqlashga harakat qilamiz, - deydi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика