So’nggi yangiliklar

15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  0 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  0 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  6 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   5

Dilshod Nuraliev: "Bugungi xabarni eshitib shoshib qoldim" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Bugungi xabarni eshitib shoshib qoldim"

Coca Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" (1:2) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men uchun birinchi navbatda og'ir o'yin bo'ldi. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Xatolarimiz ko'p, ularni ustida ishlashimiz kerak. Futbolchilarni jismoniy holati bu qadar yomonligini kutmagandim, menda bular bilan mashg'ulot o'tishga vaqt bo'lmadi. Uchrashuv tugashiga 20 daqiqa qolganida futbolchilarim charchab qolishdi. Imkoniyat berilsa xatolar ustida ishlaymiz. Qo'limdan keganicha mehnat qilaman, mehnatdan qochmaganman. Tarkibdagi tajribali futbolchilar o'ynashni bilishadi, o'zilar ham ko'rdilar. Qo'qon jamoasidan yomon o'ynadik deya olmayman. Qaysidir vaziyatda yaxshi o'ynadik, qaysidir vaziyatda xato qildik. Ko'p vaziyat yaratmagan bo'lsakda bir nechta vaziyatlarni golga aylantirsak bo'lardi. Qo'qonga omad ham keldi, ikkita rus tilida aytganda kuryozni gol urib ketishdi. Mag'lubiyatda barcha birdek aybdor, "Lokomotiv" muxlislaridan uzur so'rayman. Keyingi uchrashuvlarda futbolchilarning ishtiyoqini oshirishga qo'limdan kelganicha harakat qilaman.

Birinchi galda yigitlarning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratamiz. Keyingi o'yin derbi "Paxtakor"ga qarshi maydonga chiqamiz, yigitlar ham vaziyatni tushunib turibdi. Qo'ldan kelgancha vaziyatni to'g'irlshaga harakat qilamiz.

Bugun jamoani bosh murabbiy sifatida boshlab tushish kutilmagan xabar bo'ldi. Klub rahbarlari chaqirib aytishganda shoshilib qoldim, kutilmaganda bo'lib qoldi. Biz murabbiymiz tayinlashadi, olishadi. Vaziyatdan chiqib ketishga qo'limdan kelgancha harakat qilaman",- deydi Nuraliev.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика