So’nggi yangiliklar

10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  0 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  6 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  3 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  8 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Dilshod Nuraliev: Bartaraf etadigan kamchiliklarimiz yo'q emas Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: Bartaraf etadigan kamchiliklarimiz yo'q emas

O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari oldidan tarkib optimal ko'rinishda bo'lishiga umid bildirdi.
23 avgust kuni O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi Toshkentdagi yig'inini yakunladi. Mazkur yig'in davomida Nuraliev shogirdlari Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi uchta nazorat uchrashuvini o'ktazganidan xabaringiz bor. Eronga qarshi o'tkazilgan uch uchrashuvning ikkitasida g'alaba qozonilgan bo'lsa, bir uchrashuv Eron o'smirlarining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev Toshkentdagi yig'in terma jamoa o'yinidagi bir qator kamchiliklarni bartaraf etish uchun yordam berishini takidladi.

Eronga qarshi dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozondik. SHunga qaramay, mazkur o'yinlarda tarkibimiz optimal ko'rinishda emas edi. Asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi jarohati tufayli Toshkentdagi yig'inda safimizda bo'lmadi. Bu esa, bizga o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish uchun imkon bermadi. BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan jahon chempionati bahslari oldidan jarohat olgan futbolchilar tuzalib, safga qaytishlariga va jismoniy holatini yaxshilab olishlariga umid qilaman, - deydi Nuraliev.

Eron o'smirlariga qarshi so'nggi o'yinimizda zahira futbolchilarimizni maydonda sinab ko'rdik, deya qo'shimcha qildi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi. Natijada, Eronga so'nggi o'yinda 0:1 hisobida yutqazdik. SHuni ham unutmaslik kerakki, o'rtoqlik o'yinlaridagi natija unchalik katta ahamiyatga ega emas. Bunday uchrashuvlar terma jamoa o'yinida ko'zga tashlangan bir qator kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Jahon chempionati bahslarida kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Mundialda faqat dunyoning eng kuchli terma jamoalarigina ishtirok etadi. SHu boisdan, terma jamoamiz uchun raqib tanlamagan bo'lar edim. SHunchaki, qura natijalarini kutishimiz va o'z tayyorgarligimizni davom ettirishimiz lozim, - deydi Nuraliev.

Malumot o'rnida, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari final bosqichiga qura tashlash marosimi 26 avgust kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. Qura tashlash marosimida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev hamda terma jamoa sardori Otabek SHukurov ishtirok etadilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика