So’nggi yangiliklar

10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  11 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0

Dilshod Nuraliev: “Asadov kuzatuvimiz ostida” Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: “Asadov kuzatuvimiz ostida”

U-17 yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev yaqinda muhtaram Prezidentimiz tomonidan sport ustozi ordeni bilan taqdirlandi.
SHundan so'ng ushbu mutaxassis bilan suhbatlashib, Firdavs Asadov xususida ham so'radik.

- Dilshod aka, avvalo sport ustozi ordeni bilan taqdirlanganingiz bilan qutlaymiz.

- Rahmat katta, bu faqat birgina mening yutug'im emas, barchamizniki.

- Sizdan bugungi kunda birinchi liga to'purari bo'lib turgan Firdavs Asadov haqida so'ramoqchi edim. “Spartak” hujumchisi to'g'risida malumotga egamisiz?

- (Biroz o'ylanib) Ha, albatta Asadovni juda yaxshi bilaman. Uni bundan ikki yil oldin topganmiz. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili Firdavsni yig'inlarga taklif etib, Yaponiya o'smirlar terma jamoasiga qarshi kechgan bahslarda sinab ko'rganmiz. Bu yil “Spartak” safida hujumchining o'yinida o'sish ko'zga tashlanmoqda. Uning insoniylik jihatlariga gap yo'q. Menga ham yoqadi. Harakatlari yomon emas, o'sadigan yigit. Faqat buning uchun o'z ustida ishlashni susaytirib yubormasa bo'lgani.

To'g'ri, Asadovni bu yilgi yig'inlarimizga chaqirmadik. Lekin futbolchi kuzatuvimiz ostida. Bilaman bu yil Firdavs to'purarlik mahoratini namoyish etmoqda. Lekin birinchi liga bilan terma jamoa o'rtasidagi saviya bir-biridan farq qilishini unutmaylik Hozir hujum chizig'ida bir nechta yigitlarni sinab ko'rmoqdamiz. Masalan Akobir To'raev bor. Bu yigit “Buxoro”ning asosiy tarkibi bilan mashg'ulotda qatnashadi. Yoshlar ligasida jamoasining boshlang'ich tarkibida o'ynab kelmoqda. SHuningdek “Mashal”dan markaziy hujumchi SHoxjahon Abbosov, “Lokomotiv”dagi sof hujumchi Abbos Nematullaev hamda “Nasaf”dan Dilshod Xushbekovni taklif etganmiz. Bu futbolchilar yoshlar ligasida o'ynaydi. Albatta Asadovni yuqorida aytib o'tganimdek, kelgusida yana kuzatamiz. Uning ham vaqti keladi, shunda imkoniyat beramiz.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика