So’nggi yangiliklar

08:56Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 08:28"Ньюкасл" афсонаси нима учун фаолиятини БААнинг 3-лигасида давом эттиришга қарор қилганини тушунтирди  0 08:00Бруну Фернандеш: "Клубга барқарорлик керак"  1 07:34Суперлига. Бугун 2 та баҳс бор  3 01:50Ўзбекистон U23 термаси Хитойдаги турнирда иштирок этади  0 01:41Франция. ПСЖ қийин ўйинда дуранг ўйнади ва пешқадамликни сақлаб қолди  1 01:11Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" ўз майдонида "Ал Шабаб"ни мағлуб қила олмади  2 00:50Суперлига. "Сўғдиёна" – "Сурхон" 2:1  0 00:46Тер Штегеннинг қишда "Барселона"дан кетиши инкор қилинмаяпти  2 00:12Швеция термасини инглиз мураббийи бошқаради  0 00:10Суперлига. "Андижон" – "Шўртан" 4:3  0 23:54Иван Бошкович: "Ҳозир саккизинчи ўриндамиз, лекин мақсадимиз юқорироқда. Бунинг учун ҳаракат қиламиз"  5 23:18Февзи Давлетов: "Ўйинга қайтишимиз учун гол етишмади"  7 22:56Максим Шацких: "Мен доим бир гапни айтаман: биз мухлислар учун ўйнаймиз"  5 22:44Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Рустам Ашурматов тўлиқ ўйнади  0

Dilaver Haris: “Nasaf"ni yana OCHLda ishtirok etishiga yordam bermoqchiman” Yangiliklar

Dilaver Haris: “Nasaf"ni yana OCHLda ishtirok etishiga yordam bermoqchiman”

O'zingizga malum, uzoq tanaffusdan so'ng Superligaga restart berilmoqda.

"Nasaf" klubi matbuot xizmati mashg'ulot jarayonida jamoaning yangi azosi bosniyalik Dilaver Haris bilan suhbatlashdi.

- Yurtimizga va jamoaga hush kelibsiz Dilaver. O'zingizni qanday his qilmoqdasiz?
- Avvalambor barchaga assalomu alaykum. Yurtingizda va ushbu jamoada ekanligimdan xursandman. Bu erda barcha narsa meni qoniqtirmoqda. SHahringizda oilam bilan birgaman. SHundan bo'lsa kerak hech qanday muammo bo'lgani yo'q.

- Taxminan uch oydan so'ng futbol maydonlarimizga qaytmoqda. Bu haqida o'z fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Men umrimning asosiy vaqtini futbol bilan o'tkazdim va o'tkazmoqdaman. Futbolsiz qiyin lekin avvalambor insonlarning salomatligi birinchi o'rinda turadi biz buni to'g'ri qabul qilishimiz kerak. SHunday bo'lsada uzoq vaqtdan so'ng futbolni qaytayotgani bizni xursand qilmoqda.

- Endi qisqacha jamoamizga kelib qo'shilishingiz haqida gaplashsak, bu qanday ro'y berdi?
- “Nasaf” bu – katta oila. Bu erda kuchli murabbiy qo'l ostida ajoyib jamoa yig'ilgan va ular meni o'z oilalariga qabul qilishdi. Bu erda men o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Klub vakillari mening agentim bilan bog'langan va ular meni jamoada ko'rishni xohlayotganlarini bildirishgan. Ko'rib turibsizki men shu erdaman.

- Jamoamizga kelib qo'shilishdan oldin o'zbek futbolini o'rgandingizmi?
- Ha albatta, jamoaga qo'shilishdan oldin uning Superligadagi ishtiroki hamda o'zbek futboli haqida qisqacha tasavvurga ega bo'lgan edim.

- Jamoaga kelib qo'shilishdan oldingi tasavvuringiz va bu qanchalik o'zini oqladi?
- Jamoaga qo'shilishdan oldin uning OCHL dagi o'yinlarini o'yinlarini ko'rgandim. Ko'rdimki jamoa ajoyib stadion va sevimli muxlislariga ega. CHempionatdagi ilk uchrashuv esa fikrlarimni tasdiqladi. Afsuski karantindan so'ng futbol uchrashuvlarini muxlislarsiz o'takzish achinarli. Futbol muxlislar uchun . Biz ularni sog'inib qolamiz. O'ylaymanki tez orada hammasi o'z o'rniga tushadi. Men jamoamiz g'alabalariga o'z hissamni qo'shib, jamoani yana OCHL da ko'rishni xohlardim.

- Qarshi shahri haqida qanday fikrdasiz?
- SHahar menga maqul. Men muborak Ramazon oyini oilam bilan birgalikda bu erda o'tkazdim. Klub bazasida ham chempionatga tayyorgarlik ko'rish uchun barcha sharoitlar etarli. Men yoz fasli va quyoshni yaxshi ko'raman shuning uchun bu issiq ob-havo meni cho'chitmaydi.


- Siz jamoamiz ishtirokidagi 3 o'yinda maydonga tushishga ulgurdingiz. Bu haqida tasurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Xaqiqatdan ham men Superliganing 3 turida maydonga tushdim. Bu men uchun yangi chempionatdagi ilk uchrashuvlarim edi. Ligadagi har bir uchrashuvning yuqori darajada tashkillashtirilishi tahsinga sazovor.


- Klubimizga taklif qilingan legionerlar nafaqat jamoamiz muxlislari balki butun o'zbek futboli etirofiga sazovor bo'lishgan. Hozirgi kunda Toshkentning “Paxtakor” jamoasini himoya qilayotgan Dragan CHeran ham o'z vaqtida jamoamiz sharafini himoya qilgandi va to'purarga aylangandi. Jamoamiz muxlislari ham sizdan aynan shunday natijani kutib qolishadi. Siz shunga tayyormisiz?
- Meni ilk bor Toshkentga Marko bilan kelganimda Dragan bilan ko'rishgan edik. U nafaqat yaxshi futbolchi balki yaxshi inson ham. U Superliga ko'plab gollar kiritgan va “Nasaf” uchun ham albatta. Uning natijasini takrorlash qiyin bo'ladi. Lekin bunga harakat qilaman. Har bir uchrashuvda bor kuchim bilan harakat qilib, jamoamiz zafarlariga o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman.


- Jamoadoshlaringiz orasida kimning salohiyatini yuqori baholaysiz?
- Jamoada iqtidorli futbolchilar ko'p. Men ular orasida aynan kimnidir ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Men ularning futbolchilik faoliyatlarida yuqori cho'qqilarga erishishlarini tilab qolaman.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика