So’nggi yangiliklar

18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  7 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 18:20Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  5 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  3 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:4 (матнли трансляция)  17 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  2 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  19 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4

Dik Advokat ishga kirishdi: Iroq Xorvatiya bilan o'ynaydi Yangiliklar

Dik Advokat ishga kirishdi: Iroq Xorvatiya bilan o'ynaydi

Iroq terma jamoasida yangi bosh murabbiy Dik Advokat ish boshlagani haqida xabar bergandik.

Malumki, sentyabr oyidan Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bahslarining uchinchi raundiga start beriladi. Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan Iroq terma jamoasini kelasi oyda ikkita muhim o'yin kutmoqda. 

Iroqliklar 2 sentyabr kuni Janubiy Koreya va 7 sentyabrda Eron bilan o'ynashadi. Bu o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoa Serbiyada yig'in o'tkazadi va yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi: Ummon va Xorvatiya termasiga qarshi. 

Xorvatiya 1 sentyabr kuni Rossiya bilan o'ynaydi, shu bois ular ham Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuviga rozi bo'lishdi, faqat hozircha tomonlarning qaysi sanada o'yin o'tkazish bo'yicha kelishib olishlari qolgan, xolos. 

Ko'rinib turibdiki, 70 yoshli Advokat eng shimarib ishga kirishdi va mahalliy matbuotga bergan dastlabki intervyusida Iroqni jahon chempionatiga olib chiqish uchun bor kuchini ishga solishni aytib o'tdi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика