Dibala "Roma"ni tark etishi mumkin. Agar…
17 noy 2022 14:24
Yangiliklar
Dibala "Roma"ni tark etishi mumkin. Agar…
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala agar kelasi mavsumda "Roma" ECHLda qatnashmaydigan bo'lsa, jamoani tark etishini bildirdi.
Dibalaning Rim klubi bilan shartnomasida “bo'rilar” nufuzli evrokuboklarni o'tkazib yuboradigan taqdirda to'lanadigan tovon puli borasida maxsus band kiritilgan ekan. Ushbu bandni faollashtiruvchi shartlar yuzaga kelsa, futbolchining o'z xohishiga ko'ra, istalgan klub uni 20 mln evroga sotib olish imkoniga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Dibala “Roma” safida 12 ta o'yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urib, 2 ta golga asistentlik qildi. “Transfermarkt” portali 29 yoshli o'yinchining bozor qiymatini 30 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar