Diallo: "Ronaldu Mbappe uchun hamma narsa"
17 dek 2022 17:57
Yangiliklar
Diallo: "Ronaldu Mbappe uchun hamma narsa"
Kilian Mbappening sobiq jamoadoshi Abdu Diallo franciyalik yulduz Ronalduni qanchalik hurmat qilishini aytib berdi.
PSJ sobiq futbolchisi Abdu Diallo Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan turnir to'purarligi uchun nomzod Mbappening Krishtianu Ronalduga nisbatan munosabati qanday bo'lganini bildirdi.
Yozda ijara asosida “RB Leypcig”ga ko'chib o'tgan Diallo Mbappe bilan Parij klubida 3 yil birga o'ynadi. Uning aytishicha, agar Messi yoki Ronaldu yaxshiroq ekani borasida bahs ketsa, Kilian portugaliyalik futbolchi himoyasi uchun “kamida bir soat” gapirishi mumkin ekan. “Uning uchun Ronalduga til tekkizish mumkin emas. U uchun Krishtianu daxlsiz”, dedi himoyachi.
Mbappe Qatardagi mundial finalida jamoadoshi Lionel Messiga qarshi titul himoyasi uchun maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar