Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy - ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz
14 may 00:30
Yangiliklar
Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy - ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz
1964 yilgi Evropa chempionati (Evropa Millatlar kubogi)ga 17–21 iyun kunlari Ispaniya mezbonlik qildi.
Turnirda 29 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar yarim finalga qadar uy-safar tizimida bellashdi, yakunda to'rtta jamoa final bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Finlyandiya, SHotlandiya, GFR, Greciya kabi mamlakatlar turnirda qatnashishdan voz kechdi.
Final bosqichiga Ispaniya, SSSR, Vengriya va Daniya yo'l oldi. Uchrashuvlar "Santyago Bernabeu" va "Kamp Nou" stadionlarida o'tkazildi.
Yarim finalda SSSR Daniyani 3:0 hisobida taslim etdi. Ispaniya esa qo'shimcha bo'limlarda urilgan gol evaziga Vengriyani 2:1 hisobida engdi.
Ispaniya terma jamoasi ustozi Xose Villalonga avvalgi murabbiylardan farqli o'laroq, ikkita katta o'zgarishga qo'l urdi. Birinchidan, u Alfredo Di Stefano, Ferenc Pushkash kabi mahalliylashtirilgan istedodlarni (Di Stefano Argentinada, Ferenc Pushkash esa Vengriyada tavallud topgan. O'tgan asrning 60-yillarida ikkala futbolchi ham mamlakat fuqaroligini qabud qilgandi) terma jamoaga chaqirmadi. To'g'rirog'i, Ispaniya hukmdori general Franko mamlakat futbol federaciyasiga xorijda tug'ilganlarni mamlakat terma jamoasida o'ynashni taqiqlashni buyurdi.
Ikkinchidan, tarkibda yosh o'yinchilarni jalb etdi. Bu esa unga inqilobchi degan nomni olib keldi.
Terma jamoa chap qanot himoyachisi CHus Peredani xotirlashicha, final oldidan Villalonga mashg'ulot maydonida qum ustiga taktika taxtasini o'rnatib, jamoaning o'yin rejasini tushuntirgan. U taxta ustida SSSRni qarag'ay mevasi, Ispaniyasi esa toshlarda ifoda etib, toshlar qarag'ay mevasiga qaraganda mustahkam va kuchli bo'lganidek, Ispaniya ham Rossiyadan kuchli ekanligini va g'alaba qozonishi kerakligini aytgan.
To'rt yil muqaddam general Franko mamlakat futbolchilarining sovetlarga qarshi maydonga tushishidan bosh tortgandi, bu safar esa uning o'zi 79 mingdan ortiq tomoshabin yig'ilgan "Santyago Bernabeu"ga tashrif buyurdi. Mezbonlar Marselinoning so'nggi daqiqalarda urgan goli evaziga SSSRni 2:1 hisobida mag'lub etib, qita chempioniga aylandi.
Gap shundaki, final uchrashuvi SSSR hududida translyaciya qilingan. Malumotlarga ko'ra, o'yindan keyin ko'rsatilgan Francisko Frankoning tabassum aks etgan qiyofasi SSSR hukumatini g'azablantirgan.
Evropa millatlar kubogi-1964. Final
Ispaniya — SSSR — 2:1 (1:1)
21 iyun, 1964 yil. Madrid. "Santyago Bernabeu" stadioni. 80 000 tomoshabin.
Hakam: A. Xolland (Angliya).
Ispaniya: Iribar, Rivilya (sardor), Kalexa, Zoko, Olivelya, Fuste, Amansio, Pereda, Marselino, Suares, Lapetra.
SSSR: Yashin, SHustikov, SHesternyov, Mudrik, Voronin, Anichkin, CHislenko, Val. Ivanov (sardor), Ponedelnik, A. Korneev, Xusainov.
Gollar: 1:0 Pereda (6), 1:1 Xusainov (8), 2:1 Marselino (84).
CHempionat ramzi jamoasi: Lev Yashin (SSSR), Felisiano Rivilya Munos (Ispaniya), Deje Novak (Vengriya), Ignasio Soko (Ispaniya), Fernando Olivelya Pons (Ispaniya), Amansio Amaro (Ispaniya), Ferenc Bene (Vengriya), Valentin Ivanov (SSSR), Xesus Mariya Pereda (Ispaniya), Luis Suares (Ispaniya), Florian Albert (Vengriya).
1964 yilgi Evropa chempionati haqida beshta fakt
• Ispaniyalik pleymeyker Luis Suares o'sha yozda Evropa CHempionlar ligasi va Evropa CHempionlar ligasida g'olib chiqqan dastlabki futbolchiga aylandi; shu yili u "Inter" safida "Real Madrid"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
• Ole Medsen saralash bosqichida raqiblari darvozasini 11 marta ishg'ol qildi, Daniya esa final bosqichiga yo'l oldi. Medsen 1964 yil "Barselona" bilan professional shartnoma imzolash taklifini rad etdi, chunki Daniya terma jamoasida faqat havaskor futbolchilar o'ynashiga ruxsat berilgandi.
• Lyuksemburg saralash bosiqichida musobaqa kashfiyotiga aylandi, ular Niderlandiyani ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:2 hisobida (1:1 va 2:1) mag'lub etishdi, so'ngra Daniya bilan 3:3 va 2:2 hisobida durang o'ynab, takroriy uchrashuvdagina 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHundan so'ng "qizil sherlar" 1995 yilgacha Evropa chempionati saralash bosqichida birorta o'yinda g'alaba qozona olishmadi.
• Ispaniya 1968 yil aprel oyida Massielning "La, La, La" qo'shiqg'i evaziga Eurovidenie qo'shiqlar tanlovida g'olib chiqdi. SHu tariqa, mamlakat bir vaqtning o'zida Evropa chempionati hamda Eurovidenie unvonlarini qo'lga kiritgan ilk davlat bo'ldi.
• Evropa chempionati finalida gol urganidan to'rt kun o'tib, Marselino yana bir g'alaba golini urdi — u "Saragosa" "Valensiya"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan bahsning 83-daqiqasida to'p kiritib, shaharlararo kubok sohibiga aylandi.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar