So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  3 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  2 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  29 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

Deyan Jurjevich qaysi klublarda faoliyat yuritgan? Yangiliklar

Deyan Jurjevich qaysi klublarda faoliyat yuritgan?

Xabaringiz bor, bugun serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich "Navbahor"ga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Ko'pchilik muxlislarni Jurjevichning futbolchilik va murabbiylik faoliyati qiziqtirganligi bois, u haqda to'liqroq to'xtalishga qaror qildik.        

Deyan Jurjevich 1967 yilning 4 iyul kuni Yugoslaviyaning Lazarevac shahrida dunyoga kelgan. U futbolchilik davrida yarim himoyachi bo'lgan. Jurjevich futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Kolubara” (Lazarevac), OFK (Belgrad, 1989 – 1993, 1994-1996, 2000-2002 yillar), “CHukarichki” (CHukarica, 1996-1998 yillar), Greciyaning “Apollon Smirnis” (Afina, 1993-1994 yillar), SHveciyaning “AIK” (Stokgolm, 1998-2000 yillar) klublari, shuningdek, Yugoslaviya terma jamoasi (1994-1995 yillar)da to'p tepgan.

Futbolchilik faoliyati davomida “AIK” klubi tarkibida 1999 yili SHveciya kubogini qo'lga kiritgan.

Deyan Jurjevich butsasini mixga ilgach, OFK klubining yoshlar jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab, 2006 yilgacha ushbu jamoani boshqardi.

SHundan so'ng, yosh mutaxassis 2007-2008 yillarda Serbiya U-23 yoshlar jamoasida faoliyat yuritdi.

So'ngra 2008-2009 yillarda “CHukarichki” klubini boshqardi.

Keyin faoliyatini OFK klubida davom ettirib, mazkur jamoani 2009-2011 yillarda boshqardi hamda 2010 yili Serbiya chempionatida 3-o'rinni egalladi.

Serbiyalik mutaxassis 2011-2012 yillarda Toshkentning “Paxtakor” klubida faoliyat yuritdi. “SHerlar”ning 2011 yilgi mavsumda bronza medali va O'zbekiston kubogi qo'lga kiritishlarida Deyan Jurjevichning ham munosib ulushi bor, albatta.

Serbiyalik mutaxassis 2012 – 2013 yillari Serbiyaning “Radnichki” (Kraguevac) jamoasini boshqardi.

Deyan Jurjevich 2014-2015 yillarda o'zi uchun qardon bo'lgan OFK klubida bosh murabbiy bo'lib faoliyat yuritdi.

2015 yilning yoz faslida serbiyalik mutaxassis yana yurtimizga qaytib, milliy terma jamoamizda 2017 yilgacha texnik direktor lavozimida ish olib bordi.

O'tgan yildan buyon Serbiyaning “Zemun” (Zemun) klubini boshqarayotgan Deyan Jurjevich kecha "Navbahor"da ish boshladi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика