So’nggi yangiliklar

19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:1 (Матнли трансляция)  16 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  26 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  36 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

Deyan Jurjevich: “Gol urolmagan jamoa g'alaba qozonolmaydi” Yangiliklar

Deyan Jurjevich: “Gol urolmagan jamoa g'alaba qozonolmaydi”

Coca Cola O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” klublari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Deyan Jurjevich o'z fikrlarini bildirdi.

Avvalo “Nasaf” jamoasini bugungi g'alaba va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritganligi bilan tabriklayman. O'yin borasida to'xtaladigan bo'lsam, bahs juda qiyin kechdi. SHuningdek, yana bir narsani takidlamoqchimanki, gol urolmagan jamoa g'alaba qozonolmaydi. Bugungi bahsda ushbu ibora o'z tasdig'ini topdi.



- Mazkur uchrashuvdan oldin “Nasaf” klubining o'yin uslubini o'rganganmidingiz?

- Albatta, qarshiliklarning o'yinlarini tahlil qilib, o'rganib chiqqandik. “Nasaf”ning tarkibi asosan yoshlardan iborat hamda futbolchilarining tezkorligini, vohaliklar asosan qarshi hujumga tayangan holda to'p surishlarini oldindan taxmin qilgandik va amalda ham shunday bo'ldi. SHogirdlarim qarshiliklarning qarshi hujumlaridan birida bir marta qo'pol xatoga yo'l qo'yib, o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishdi hamda ushbu xato qimmatga tushdi.

Mashg'ulotlar davomida yigitlarga qarshi hujumlarda ehtiyot bo'lish lozimligini uqtirgandik va takidlagandik. Afsuski, o'tkazib yuborilgan to'pdan so'ng, rejalarimiz o'zgarib ketdi. Natijada “Nasaf” g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика