So’nggi yangiliklar

13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  1 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  2 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  13 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  21 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   6 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  3 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  9 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  14 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  7 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0

Derbi: "Paxtakor" - "Bunyodkor" yoxud Arveladze & Qosimov Yangiliklar

Derbi: "Paxtakor" - "Bunyodkor" yoxud Arveladze & Qosimov

Teglar :  SHahboz Beg'amov
"Championat.asia" sayti xodimi SHahboz Beg'amov bugungi Toshkent derbisiga alohida to'xtaldi.

"Paxtakor" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligi yuzaga kelgan ilk yillari Toshkent derbisi o'zgacha muhitda, keskin to'qnashuvlarga boy o'tardi.

Bu jamoalar o'rtasidagi har qanday bahs muxlislarni stadionga chorlar, barchani ikkiga bo'lib qo'yardi. Ammo 2012 yildan buyon ushbu derbining nufuzi biroz pasaydi. Bunga chempionatning, jamoalarning darajasi biroz tushib qolgani asosiy sabab bo'ldi.

Ikkinchi davra oldidan "Paxtakor"dagi katta o'zgarishlar, jamoa yangi bosqichga o'tish jarayoni fonida "sherlar" yana avvalgi mavqeilarini tiklashayotgandek tuyulmoqda. "Paxtakor"ning maqsadlari jiddiyligi, jamoa super klubga aylantirilmoqchiligi aytildi. Ushbu mavsumdayoq "sherlar" OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun kurashishlarini malum qilishdi. Katta maqsadlar bilan xorijdan o'tmishda ajoyib futbolchi bo'lgan SHota Arveladze jamoa ruliga olib kelindi. "Paxtakor" esa Oliy ligadan uch futbolchini transferini sotib oldi. SHota Arveladze jamoaga 4ta legioner jalb qildi. Bu albatta birinchi davrada muvaffaqiyatsiz o'ynagan "Paxtakor"ni keskin kuchaytirish uchun qilingan dastlabki ishlar. Bu o'zgarishlar esa jamoaga bo'lgan etiborni kuchaytirdi.


"Paxtakor"dagi hozirgi o'zgarishdan qaysidir jihatdan avvalgi "Bunyodkor"dagi qilingan ishlarni eslatib yuboradi. Jamoa legionerlar evaziga keskin kuchaymoqchi bo'layotgani, Oliy ligada futbolchilarni transferlarini sotib olayotganini inobatga olsak.

"Bunyodkor"da esa aksincha holat. Jamoa chempionatni yomon boshlagani va oxirgi yillarda o'z imijini tushirib yuborgani uchun Sergey Lushan o'rniga Mirjalol Qosimov jamoaga qaytarildi.


Asosan akademiya tarbiyalanuvchilariga tayanib qolgan "qaldirg'ochlar"ni qisqa fursat ichida o'zgartirish, yosh futbolchilarga g'oliblik ruhini paydo qilish oson yumush emasdi. Ammo "qaldirg'ochlar"ni baland parvoz qilishga o'rgatib qo'ygan mutaxassis ushbu ishni ham uddaladi. Qosimov kelgach jamoa birinchi davrani yaxshi natijalar bilan yakunladi va turnir jadvalida yuqorilashga erishdi.

Ikkinchi davra oldidan esa "Bunyodkor" o'zi istagan futbolchilarni jalb eta olmadi. Transferlarni sotib olish uchun ularda "Paxtakor" kabi sharoit yo'qligi bois Qosimov ijarada yurgan futbolchilarni qaytardi. Legionerlarni tanlashda ham etti o'lchab bir kesadigan murabbiy tavakkal qilmadi.

Yoshlardagi shijoatni tajriba bilan boyitayotgan Qosimov jamoani natija uchun ham o'ynashga o'rgatdi.

Derbi qaytdi

Ha, o'sha mashhur Toshkent derbisi qaytdi. Yo'q, biz shoshilayotganimiz yo'q. Har ikkala jamoa hozirda o'zlarining avvalgi mavqeilarini tiklash uchun ishlashmoqda. Birgina farq shundaki, endilikda jamoalarning tanlagan yo'li, falsafasi biroz almashdi. Keyingi yildan Toshkent derbilarini bundan jaranshli afisha ostida o'tishiga shubha yo'q. Bugun esa o'sha eski derbi qaytishining debochasi bo'lsa ajab emas.

Hozirgi holatda o'zaro principial qarama-qarshilikdan tashqari turnir jadvali etibori bilan ham o'yin ancha ahamiyatli.

"Paxtakor" OCHLga yo'llanmani yo'lga kiritish uchun 2-o'rin uchun tish-tirnog'i bilan kurashayotgan bo'lsa, "Bunyodkor" mavsumni minimum sovrinli o'rinlarda yakunlamoqchi.

Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi ko'p narsani belgilab beradi.

"Paxtakor" uchun ikkita haqiqiy final o'yini turibdi. Birinchisi, yani final oldidan final bahsi bugun "qaldirg'ochlar"ga qarshi kechsa, keyingisi katta ehtimol bilan 29-turda Qarshida o'tadi.

"Nasaf"ga qarshi o'yin ahamiyatini yo'qotmasligi, "Paxtakor" 2-o'rin uchun kurashdan chiqib ketmasligi uchun ham bugun g'alaba qozonishi shart.

"Bunyodkor" esa kamida 3-o'rinni egallashi uchun ham bugun "Paxtakor"dan 3 ochko bilan qaytishi lozim. Aks holda turnir jadvalida azaliy raqiblarini oldinga o'tkazib yuborishadi.

Aynan mana shu jihatlarni inobatga oladigan bo'lsak, bugungi derbi o'zgacha ruhda, qaynoq muhitda o'tishiga shubha yo'q.

Derbi "Paxtakor" va "Bunyodkor" uchun ko'p narsani belgilab beradi.

SHota Arveladze & Mirjalol Qosimov

"Paxtakor"ni ikkinchi davrada qabul qilib olgan gruziyalik mutaxassis Oliy ligada ilk bor saviya va daraja jihatdan top murabbiyga qarshi dona surishiga to'g'ri keladi.

Arveladze murabbiy sifatida Qosimov qarshiligiga qanday turib berishi qiziq albatta. SHuningdek, Qosimov ham Arveladzega qanday taktik kurash taklif qilishini ko'rish qiziqarli bo'ladi.

Ikkinchi davrada "Paxtakor" Arveladze qo'l ostida 7 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati 21-5. Jamoa ikkinchi davrada 10 uchrashuvdan 6tasini "quruq" o'tkazdi.

"Bunyodkor" esa ikkinchi davrada 7 g'alaba va 3 durang qayd etdi. Qosimov qo'l ostida "qaldirg'ochlar" ikkinchi davrada hali mag'lubiyatga uchrashgani yo'q. Jamoa o'tkazilgan 10 uchrashuvdan 7tasini "quruq" o'tkazdi. To'plar nisbati: 19-5.

Arveladze "Paxtakor"da 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanmoqda.

Qosimov esa 4-3-3 taktik sxemani qo'llamoqda.

O'tgan bahsda "Paxtakor"ning ikki tayanch yarim himoyachisi Azim Ahmedov hamda Rostin Griffits kichik jarohatlari sababli "Buxoro"ga qarshi o'ynamadi. Balki Arveladze muhim o'yin oldidan ularni bezovta qilmagandik. Agarda bugun ular maydonga tushishga tayyor bo'lishsa, unda katta ehtimol bilan ushbu futbolchilarni asosiy tarkibda ko'ramiz.

Aks holda tayanch zonasini Akbar Ismatullaev bilan yopishga to'g'ri keladi. Azim Ahmedov maydonga tushadigan bo'lsa, Gidi Kanyuk o'zining avvalgi funkciyasi, yani hujumchi ortida harakatlanadi.

SHerzod Azamovning ham bugungi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida. Agarda Azamov safga qaytishga tayyor bo'lmasa, unda Kamol Tojiev Marko Simichga markaziy himoyada ko'maklashadi.

Qolgan chiziqlarda o'zgarishlar kuzatilmasa kerak. Birgina istisno, agarda SHota Arveladze o'tgan o'yinda zaxiradan maydonga tushib yaxshi o'ynagan Jasur Yaxshiboevni boshlang'ich tarkibda paydo bo'lishi mumkin. Aks holda uning joyini asosiy tarkibda Suhrob Nurulloev egallashi mumkin. CHap qanot hujumida esa doimgidek Bezerra o'ynaydi.

"Paxtakor"ning taxminiy tarkibi: Lobanov - Alijonov, Simich, Azamov/Tojiev, Kozak - Griffits, Ahmedov - Bezerra, Kanyuk, Nurulloev - Sergeev.


"Bunyodkor" tarkibida ham Qosimov rotaciyalarni qo'llab kelmoqda. Ayniqsa darvozabon masalasida Qosimov har ikkala posbonga ham imkoniyat bermoqda. Murod Zuhurov kecha yoshlar tarkibida maydonga tushganini inobatga oladigan bo'lsak, bugun darvozani Suhrob Sultonov egallaydi. Qizig'i, "Bunyodkor" ikkinchi davrada Zuhurov turgan o'yinlarda hali gol o'tkazib yuborgani yo'q. Sultonov esa o'z darvozasidan 5ta gol o'tkazib yubordi. Ammo "Bunyodkor"ning yangi azosiga Qosimov imkoniyat bermoqda.

Himoyadagi to'rtlik o'zgarmasa kerak. CHapdan o'ngga Komilov, G'ofurov, Ashurmatov hamda Ahmadaliev. 

Tayanch zonasida esa doimgidek Javlon Ibrohimov ko'ramiz. Ushbu futbolchiga bugun juda katta hajmdagi ishni bajarish turibdi. Ko'p jihatdan "Bunyodkor"ning muvaffaqiyatli o'yini aynan ushbu futbolchiga bog'liq bo'ladi.

Raqib hujumlarini buzish va yangi hujumni boshlashda Ibrohimovning o'yini muhim ahamiyatga ega.

Markazdagi hujumkor yarim himoyachilar rolida esa Otabek SHukurov va Mirjamol Qosimov bo'ladi. Bu ikki futbolchi bugungi bellashuvda nafaqat hujumda, balki himoyaga ham ko'proq yordam berishlari to'g'ri keladi.

Hujumdagi "trio"da ikki vinger kimligi aniq: Hamdamov va Gadoev. Ammo markaziy hujumchi sifatida Qosimov kimga ishonch bildirishini taxmin qilish qiyinroq. Himoyadan tezda hujumga o'tishni yaxshi o'zlashtirgan "Bunyodkor"ning uslubi va bugungi o'yinga tanlanadigan taktikaga qarab, SHohruz Norxonov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin.


"Bunyodkor"ning taxminiy tarkibi: Sultonov - Komilov, G'ofurov, Ashurmatov, Ahmadaliev - Ibrohimov, Qosimov, SHukurov - Gadoev, Norxonov, Hamdamov.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика