So’nggi yangiliklar

17:10Мареска ишдан бўшатилди  0 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3

Denis Korostichenko: "Maqsadlar har doimgidek yuqoriligicha qoladi. CHempionlar Ligasiga chiqishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Maqsadlar har doimgidek yuqoriligicha qoladi. CHempionlar Ligasiga chiqishga harakat qilamiz"

Coca-Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Denis Korostichenko qatnashib, o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Birinchi navbatda, hammaga salom! “Navbahor”ni g'alaba bilan tabriklayman! O'ylashimcha, yaxshi o'yin guvohiga aylandik. Bugun ikki bo'limda ikki xil o'yin ko'rsatdik. Birinchisida ko'proq to'pga egalik qildik, ikkinchisida esa... Menimcha, bunga “Navbahor”ning ikkinchi bo'limda o'yinini biroz kuchaytirgani ham sabab bo'ldi. Va albatta, muxlislaringiz ham jamoani oldinga undashdi. Ikkinchi bo'limning dastlabki qismida biroz “uxlab” qoldik, oqibatda xato yuzaga keldi va gol urildi. Umuman olganda, muxlislar o'yindan yaxshi taassurot olishdi.

Hisob 0:1 bo'lib turganida, hujumni kuchaytirishimizga to'g'ri keldi, yangi kuchlarni maydonga tashladik. Afsuski, bugungi kunda markaziy hujumchilar va qanotdagi hujumkor futbolchilar borasida tanlov imkoniyatlarimiz katta emas. Qanotlar va maydon markazini kuchaytirishni maqsad qilgandik, G'ulom-Haydarni zaxiradan o'yinga qo'shdik. U yaxshi o'yin o'tkazdi, menimcha. 

Birinchi bo'limda to'pga ishonch bilan egalik qilishimizni “Navbahor” kutmagan ekan, shekilli. Afsuski, to'pni yaxshi egallab turganimizga qaramay, hujumlarni samarali yakunlay olmadik, keskinlik etishmadi. O'ylashimcha, “Navbahor” birinchi bo'limda biroz passiv harakat qildi. 

“Navbahor”ning o'yinini anchadan buyon kuzatib kelamiz. Menimcha, bu jamoa bugungi uchrashuvning ikkinchi bo'limida, so'nggi 2-3 turdagi eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi. 

“Lokomotiv” har doim o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yadi. Lekin bu yil asosan yosh futbolchilarga imkoniyat berishga qaror qilganmiz. Bizda tarkibni yoshartirish jarayoni ketmoqda. Maqsadlar esa har doimgidek yuqoriligicha qoladi, jumladan, CHempionlar Ligasiga chiqishga harakat qilamiz. Oldinda o'yinlar ko'p. 

Bugungi uchrashuvda “Navbahor” safida Yovan Jokichning harakatlarini etirof etishim mumkin. Davronbek Hoshimov ham o'z saviyasidagi o'yinni ko'rsatdi. Umuman olganda, mezbonlar safida ikkinchi bo'limda hamma futbolchilar yaxshi to'p tepishdi, - dedi Denis Korostichenko.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика