Dembele yiliga 15 mln evrolik maoshga qaramay, "Nyukasl"ga o'tmoqchi emas. Unga qiziqarli sport loyihasi kerak
27 noy 2021 18:01
Yangiliklar
Dembele yiliga 15 mln evrolik maoshga qaramay, "Nyukasl"ga o'tmoqchi emas. Unga qiziqarli sport loyihasi kerak
Yarim himoyachi Usmon Dembele "Barselona"dan "Nyukasl"ga o'tmoqchi emas.
Francuz ayni damda unga yiliga 15 million evro va o'tishi uchun 15 mln evro taklif qilayotgan "Nyukasl"ning taklifiga qiziqish bildirmayapti.
Dembele qiziqarli sport loyihasi olmoqchi va hali "Nyukasl" buni taklif qila olmaydi deb hisoblamoqda.
"Barselona" "Nyukasl"ning Dembelening agenti bilan aloqaga chiqqanini biladi. Klub Usmon bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo tomonlar hali kelishuvga erishishmadi.
Bunga qaramay, "Barsa"ning poziciyasi bu borada "Nyukasl"nikidan yaxshiroq. Dembelening amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
24 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada hali maydonga tushmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar