Dembele hali ham "Barselona"ning so'nggi taklifiga javob bermadi
21 dek 2021 18:01
Yangiliklar
Dembele hali ham "Barselona"ning so'nggi taklifiga javob bermadi
"Barselona" mavsum so'nggida shartnomasi yakunlanadigan Usmon Dembeleni o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.
Yangi kelishuv borasida muzokaralar yakunlanishdan uzoqda. Dembele hali ham "Barselona"ning so'nggi taklifiga javob bermadi. Qayd etish kerakki, Kataloniya klubi ayni damda o'yinchiga bosim o'tkazmagan holda, sabr qilishda davom etmoqda.
Agar Usmon Dembele joriy yilning so'nggiga qadar shartnomani uzaytirmasa, 1 yanvarda u Ispaniyadan bo'lmagan klub bilan dastlabki shartnomaga imzo chekish imkoniyatini oladi.
24 yoshli Usmon Dembele 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar