Dembele "Barselona"da qoladi
23 iyu 2022 00:15
Yangiliklar
Dembele "Barselona"da qoladi
"Barselona" franciyalik vinger Usmon Dembeleni o'z safida saqlab qolishga yaqin turibdi.
Jurnalist Xavi Migelning so'zlariga ko'ra, qiyin o'tgan muzokaralardan so'ng tomonlar kelishuvga erishgan.
Insayderning so'zlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" "CHelsi", PSJ va "Manchester Yunayted" klublari davogarlik qilayotgan 25 yoshli futbolchi bilan yangi bitim tuzishiga bir qadam qolgan.
Eslatib o'tamiz, Dembele 2017 yilning avgustida Dortmundning "Borussiya"sidan "Barselona"ga o'tgandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi shu oyning oxirida yakunlanadi.
Usmon o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida 32 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar