Dembele "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti
02 iyu 2021 16:52
Yangiliklar
Dembele "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele klub bilan yangi shartnoma imzolashga shoshmayotganini aytdi.
24 yoshli franciyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 12 oydan so'ng yakuniga etadi.
"Ko'ramiz, barchasi qanday kechadi. Biz "Barsa" rahbariyati bilan uchrashamiz. SHoshilish yo'q, menda hali qaror qilish uchun vaqt bor. Hozirda mening barcha etiborim bo'lajak Evropa chempionatiga qaratilgan", - deydi Dembele.
"Barselona" hujumchini 2017 yilning yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan 135 million evro evaziga xarid qilgandi.
Futbolchi o'tgan mavsum La Ligada 30ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar