De Yong Kumanning "Barselona"da qolishiga umid qiladi
31 may 2021 13:26
Yangiliklar
De Yong Kumanning "Barselona"da qolishiga umid qiladi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu haqda ko'p yozishmoqda. Men klubdagi hech bir inson bilan ham, Kuman bilan ham gaplashmadim, shu sabab nima bo'layotganidan xabarim yo'q. Men ham sizlar eshitayotgan narsani eshityapman.
Kumaning ketishi haqiqatmi yoki yo'q, buni muhokama qila olmayman. Faqatgina aytishim mumkin bo'lgani, u bilan munosabatlarim yaxshi. Uni yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Umid qilamanki, u qoladi.
"Barselona" - agar chempionlik bo'lmasa, gap-so'zlar birdan boshlanib ketadigan dunyoning asosiy klublaridandir. SHunday ekan, Kuman haqidagi xabarlar meni hayron qoldirmaydi", - deydi de Yong.
O’xshash yangiliklar
07:48
Bugun "El Klassiko"! "Real" va "Barselona"ning bugungi uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing 11
championat.asia
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Нефтчи" Ғузорда ишончли ғалабага эришди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar