De Ligt Rayolaga qaysi klubga o'tmoqchi ekanligini aytdi
22 mar 2019 13:06
Yangiliklar
De Ligt Rayolaga qaysi klubga o'tmoqchi ekanligini aytdi
"Ayaks" himoyachisi Mateys De Ligt yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tmoqchi.
Malumotlarga ko'ra, 19 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola mijozi uchun Evropaning grand bo'lmagan klublari bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqchi edi. De Ligtning yoshini hisobga olgan Rayola avvaliga futbolchini oddiyroq klubga pullab, bir yildan so'ng yana bir transfer bilan cho'ntagini qappaytirmoqchi bo'lgan.
Biroq De Ligt o'z agenti rejalarini buzib yubordi va unga yozda "Barselona"ga o'tmoqchi ekanligini, shu bilan birga boshqa klublar bilan muzokara o'tkazmasligini aytdi.
Oldinroq, "Barselona" "Ayaks" sardori uchun 60 mln. evro taklif qilmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar