So’nggi yangiliklar

00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  1 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  7 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  1 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  18 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  462 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  8

Davron Valijonov AGMKning bu mavsumdagi maqsadi, Oliy ligada chempionlik uchun kurash va terma jamoaga chaqirilmasligi sababi haqida nimalar dedi? Yangiliklar

Davron Valijonov AGMKning bu mavsumdagi maqsadi, Oliy ligada chempionlik uchun kurash va terma jamoaga chaqirilmasligi sababi haqida nimalar dedi?

Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi bellashuvlarining 2-tur bahslari poyoniga etdi.

AGMK klubi chempionlik uchun kurashmoqda. Xo'sh, olmaliqliklar bu mavsumda Oliy liga oltin medallariga ega chiqa oladimi? SHu haqda savollarimizga javob olish istagida AGMK etakchi futbolchisi Davron Valijonov bilan suhbatlashdik. 

-Ikkinchi turda oldimizga qo'yilgan vazifani alo darajada bajardik. Yanni, uchta o'yinning barchasida g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Biz buni amalladik. 

- Bu yil AGMKning asosiy maqsadi qanday?
- Malumki, biz o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. CHempionlikni qo'lga kiritishni istaymiz. Bu oson bo'lmasligi mumkin. SHunga qaramay, biz oxirigacha harakat qilamiz. 

- AGMKda yaratilgan sharoitlar haqida nimalarni ayta olasiz? Mavsum avvalida sizga boshqa klublardan ham takliflar bo'ldimi?
- To'g'risi, mavsum avvalida deyarli taklif bo'lgani yo'q. AGMKdan yaxshiroq bo'lgan jamoadan taklif bo'lsa, buni o'ylab ko'rish mumkin. 

- Oliy liga bahslarida chempionlik yo'lida AGMKni jiddiy raqobatchilari bor. Sizningcha, kim chempionlik poygasida asosiy raqib hisoblanadi?
- Nazarimda, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bizga asosiy raqib bo'lishi mumkin. CHunki ularda ham shunday vazifa qo'yilgan. Tarkibida ham yaxshi futbolchilar jamlangan. 

- Davron, nega terma jamoaga chaqiruv olmayapsiz. Buning sababi nimada?
- Bunga sabab mening o'yin uslubim terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovga mos kelmagan. Buni bosh murabbiyning o'zi ham o'zaro suhbatlashganimizda aytgan edi. Qachondir terma jamoaga bosh murabbiy kelsa, shunda balki terma jamoa o'yin uslubimga mos tusharman (kuladi).

- Unda aytingchi, bizning futzalchilarimiz legionerga aylana olmasligining asosiy sababi nimada?
- Bizda yaxshi futzalchilar ko'p. Deylik, Muzaffar Ahadjonov, Akbar Usmonov, Husniddin Nishonov, Mashrab Odilov va boshqalar. Ular bemalol xorij klublarida o'ynay oladi. Faqatgina, futzalchilar bilan yaxshi ishlaydigan agentlar yo'q. Ishonamanki, kelajakda bizning futzalchilarimiz ham xorijga yo'l oladi. Bunga shaxsan men ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика