So’nggi yangiliklar

12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  0 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  4 10:40Саудия жамаолари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  11 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0

Davron Kabulov Azizbek Haydarovga javob berdi Yangiliklar

Davron Kabulov Azizbek Haydarovga javob berdi

"Million" jamoasining azosi Davron Kabulov O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov haqidagi savolga javob berdi.

"So'nggi bir yil ichida men haqimda negativ fikr bildirganlarga javob qaytarmadim. CHunki, shov-shuv ko'tarishning oson usluli Davronga nimadir degin va u senga qanday javob qaytaradi. SHunday yo'l bilan xalqning og'zidasan. Kanizaning ajrashib ketishi, "Million"dan 4 kishini chiqib ketishi, mehmonxonadagi qo'shnilar voqeasi kabilar bilan shov-shuv etarli bo'lib qoldi. O'zimga-o'zim kim gapirsa ham javob qaytarmayman dedim.

Endi Aziz Haydarovga to'xtaladigan bo'lsam, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq azosi, hozirda terma jamoalar bo'limi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan inson hisoblanadi. U intervyuda: "Davronga savol bersam gapirolmay a-a-a-a deb qoldi",- degan. Birinchidan men bunga engilroq yondashdim. Biz futbolchilarni har koncertimizda hazil qilamiz. SHu bois bir gapirgan bo'lsa gapiribdi-da manoda qabul qildim.

Lekin aslida voqea, suhbat bunday ko'rinishda bo'lmagan. Aziz Haydarov terma jamoalar markazida katta masalalarni hal qiladi, deb o'ylaymayman. Hal qiladigan odamlar ichida Aziz Haydarovni yo'q, deb hisoblayman. SHaxmatda shox, farzin degan narsalar bor. Uni men shox sifatida ko'rmayman. Yakuniy qarorni u qabul qilmaydi. Bu meni shaxsiy fikrim. Yolg'on aralashgani uchun javob qaytarishni lozim ko'rmadim.

Aslida Haydarov "Kelinglar, avval murabbiylikka o'qinglar" degandi. Biz Alisher Uzoqov bilan birga rostdan ham Jismoniy tarbiya institutiga borib o'qimoqchimiz.

O'zbekiston Avstraliyaga 0:6 hisobida yutqazgan paytda tarkibda bo'lgan Aziz Haydarov a-a-a deb qolgan bo'lishi mumkin. Agarda Aziz Haydarov istasa terma jamoa yig'ini bo'ladigan paytda Vadim Abramoa bilan birgalikda asosiy tarkibni yig'ishsin. Men esa O'zbekiston chempionatidagi qolgan futbolchilardan bitta tarkib tuzaman. Yonimga bitta murabbiy olaman. Asosiy tarkibga jalb qilinmagan futbolchilardan tarkib tuzaman. Marhamat istashsa o'yinni telekanalda jonli efirda ko'rsatsin",- deydi Davron Kabulov "Chotki TV" kanaliga bergan intervyusi chog'ida.



Reyting: +81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика