So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Davron Fayziev: Dinamo rahbariyatiga Superligaga olib chiqishni vada bermaganman, lekin... Yangiliklar

Davron Fayziev: Dinamo rahbariyatiga Superligaga olib chiqishni vada bermaganman, lekin...

Dinamo - SHo'rtan (0:0) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'yin borasidagi savollarga javob qaytardi. SHu kuni Fayziev ilk marta “Dinamo” murabbiylar o'rindig'idan joy oldi.

- “SHo'rtan” bilan bahs og'ir o'tishi malum edi. Pro-Ligada oson o'yinning o'zi yo'q. Klub meni oldinroq bosh murabbiy sifatida elon qilgan bo'lsada, ko'rdingiz, aynan “SHo'rtan” bilan uchrashuvdan oldin PFL ro'yxatidan o'tib, murabbiylar o'rindig'idan o'rin oldim. Afsuski, o'tgan turdagi “Surxon”ga qarshi bahsdan farqli o'laroq, bugun jamoaga ishtiyoq, xohish va jangovarlik kamlik qildi. SHu bois ochko yo'qotdik. Mashg'ulotlarda yigitlar bilan ishlayotgan bo'lsakda, afsuski, o'yin davomida jamoa berilayotgan ko'rsatmalarimning yarmini ham bajara olishmayapti. Klubning mavsum oldi selekciya ishlari qanday olib borilganligi menga qorong'u, ammo bu ham natijamizga tasir qilmoqda. Futbolchilarning ayni damdagi o'yinidan ham, harakatidan ham, holatidan ham qoniqayotganim yo'q”.


“Jamoaga kelganimda rahbariyatiga Superligaga olib chiqishni vada bermagan bo'lsamda, “Dinamo”ga qo'limdan kelgancha imkonqadar yordam berishimni aytganman. Hozirda futbolchilar ruhiy bosimda. Bunday paytda faqatgina murabbiylar va klub emas, muxlislarimiz ham jamoani qo'llab-quvvatlashlari lozim. Aks holda o'yin davomidagi kuchli ruhiy bosim futbolchilarga jiddiy tasir qilayapti. SHunday ekan, hali imkoniyat bor ekan, jamoani hozirgi holatidan olib chiqishimiz uchun barchamiz birga yakdil bo'lib harakat qilishimiz shart. Aks holda vaziyatdan chiqib ketish og'ir bo'ladi. SHu bois muxlislarimizdan jamoani har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolardim”.

“Raqib jamoa “SHo'rtan” Pro-Ligadagi hurmatga sazovor jamoalardan biri. Ular so'ngi safar bahsida “Andijon”ni mag'lub etishgani ularning kuchiga bahodir. Bugun omad biz tomonda bo'lmadi, aks holda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Mehmonlar ham g'alabani ilib ketish uchun imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda hujumkor o'yin namoyish etib, vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Pro-Ligada dam olishga vaqt yo'q, yana 4 kundan keyin “Orol” bilan bahsga tayyorgarlik ko'rib, ijobiy natija qayd etishga intilamiz” – dedi “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика