So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Vadim Abramov : "G'alabadan xursandman, lekin bunday o'ynash kerak emas" Yangiliklar

Vadim Abramov : "G'alabadan xursandman, lekin bunday o'ynash kerak emas"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Dinamo" (2:4) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- O'yinning boshidayoq ikkita gol o'tkazib, keyin hisobni tenglashtirib, yakunda yutib ketishni faqat biz eplay olsak kerak. Jamoam bilan doim qiziq holatlar ro'y berib turadi. O'tgan tur 2:0 hisobida oldinda borib, qandaydir 10 daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yuborgandik. Bugun esa besh daqiqada ikkita o'tkazdik, ammo yakunda g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik. Juda qiyin bahs guvohi bo'ldik. G'alabadan xursandman, lekin bunaqa o'ynash kerak emas.

- "Mashal"dan shunday startni kutganmidingiz?

- To'g'risini aytsam, yo'q. Bugun o'zimiz oltita gol urdik. Ikkitasi o'z darvozamizga, to'rttasini raqib darvozasiga. Birinchi taymda hisobni tenglashtirib olganimiz yaxshi bo'ldi, yo'qsa yanada qiyin bo'lardi. Hisob tenglashgach, g'alabaga o'ynash oson bo'lmadi. O'yindan oldingi chigalyozdi mashg'ulotda futbolchilarning bemalol ekanligini ko'rib diqqatli bo'linglar, bizni oson raqib kutmayapti deb aytgandim.

- Gollarda darvozabonning aybi bormi?

- Bugungi bahsda darvozabonimizga o'ziga bo'lgan ishonch ko'rinmadi. Bu esa meni hayron qoldirdi. Balki keyingi turlarda ishonchli darvozabonni sinab ko'rarmiz.

- Bu yilgi chempionatning eng kuchli jamoasi qaysi?

- Ikkinchi davra endi boshlandi va birdaniga bu savolga javob berish qiyin. Deyarli har turda kutilmagan natijalar ro'y beryapti. Bugun yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi.

- "Dinamo" keyingi turlarda "Paxtakor" va OKMKga qarshi bahs olib boradi.

- Avval "Paxtakor" haqida o'ylaymiz, chunki birinchi ular bilan o'ynaymiz. "Paxtakor" kecha o'ynadi va bizga nisbatan tiklanishga bir kun ko'p vaqti bo'ladi. Keyin esa OKMK bilan bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика