So’nggi yangiliklar

14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  0 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  7 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  5 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  8 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5

"Dastlabki 20 daqiqa mahalla futboliga o'xshab ketgani rost" - Ravshan Haydarov "Surxon" - "Navbahor" uchrashuvi haqida Yangiliklar

"Dastlabki 20 daqiqa mahalla futboliga o'xshab ketgani rost" - Ravshan Haydarov "Surxon" - "Navbahor" uchrashuvi haqida

Coca Cola Superligasining 10-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun qiziqarli o'yin bo'ldi. Birinchi taym boshi "Navbahor" ustunligida o'tdi, keyin yigitlarimiz o'zlariga kelib o'z o'yinlarini ko'rsatishni boshlashdi. Ikkinchi taymda umuman boshqacha futbol bo'ldi. O'ylaymanki 3 ochkoga loyiq o'yin ko'rsatdik. Omadsizlik tufayli durang qayd etdik. Xatolarni xulosa qilib keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Bizda ikki kun vaqtimiz bor va keyingi o'yin.

Dastlabki 20 daqiqa mahalla futboliga o'xshab ketgani rost. Menimcha bunga yuzaga katta tanaffus, keyin himoyada etakchi futbolchilarimiz yo'q edi. Stanoevich bo'lganida xotirjam o'yin bo'lardi.

To'g'ri o'yin oxirida toliqish bo'ldi. Zaxiramiz uzun emas, jarohat olganlar bor. Yosh futbolchilarni maydonga tushirishga hayiqdim. To'g'ri reja bilan ketma-ket o'yinlarga tayyor bo'lishimiz kerak. Jarohat olgan futbolchilar safga qaytishlarini kutamiz. Afsuski bugun Aleksandr Kasyan to'rtinchi sariq kartochkasini oldi va keyingi bahsda bizga yordam bera olmaydi.

Bubanya bilan deyarli ishlamadim. Andijonga borib 5 daqiqa o'ynaganini hisobga olmasak, qaytib kelganidan keyin yo'q bo'lib qoldi. Pandemiya tufayli karantin bo'ldi, uyiga ketganini eshitdim. Uning shartnomasi qanday edi to'g'risi xabarim yo'q. SHu bois bu borada boshqa hech narsa ayta olmayman.

Jamoa o'yinida xatoliklar va kamchiliklar bor. Kelganimdan keyin o'z falsafamni singdirib borishga intilayapman. Bu borada ishlayapmiz.

"Surxon"da tajribali futbolchilar ko'p? Bilasiz men jamoaga mavsum yarmida keldim, futbolchilar menga qadar klubga kelishgan. Meni vazifam shu bor futbolchilar bilan natija ko'rsatish. "Surxon", - deydi Ravshan Haydarov.






Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика