Dani Alves: "Barselona"da meni qadrlashmadi"
19 iyu 2020 17:19
Yangiliklar
Dani Alves: "Barselona"da meni qadrlashmadi"
"Barselona" sobiq futbolchisi Dani Alves 2016 yili klubdan ketgani haqida gapirdi.
"Egoist emasman. "Barselona"ni doim sog'inaman. U erni o'zimning uyimdek bilaman. O'sha kunlari 8 yil davomida "Barselona"da o'ynab, orqa eshikdan ketishimni aytgandim.
Jahlim chiqdi, "Barselona" uchun ko'r ish qildim, biroq ular menga yangi shartnoma taklif qilishmadi. O'shanda eng yaxshi mavsumimni o'tkazgandim. Meni qadrlashmadi.
"Real" menga ikki baravar pul taklif qilgandi, lekin "Barsa"ni tanlagandim. Biroq ketadigan vaqtni o'zim tanlamoqchi edim. Taslim bo'ldim va shunchaki boshimni egib, u erdan ketdim.
Afsuslanmayman, barchaning oldida vijdonim toza bo'lib qoldi. Ammo qaytadigan eshikni qattiq yopib ketganim yo'q", - dedi Alves.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar