Damsgor "Brentford" futbolchisiga aylandi
11 avg 2022 22:50
Yangiliklar
Damsgor "Brentford" futbolchisiga aylandi
"Sampdoriya"ning daniyalik yarim himoyachisi Mikkel Damsgor "Brentford" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Italiya klubi rasmiy saytida malum qilindi.
Manbalarga ko'ra, transfer summasi 14 million evro + bonuslar sifatida baholanmoqda. Futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi, uning yillik maoshi taxminan 2 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq Italiya klubi o'z futbolchisi uchun kamida 20 million evro talab qilayotgani haqida malumotlar paydo bo'lgandi. Jamoa daniyalik orqali "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagan Kristian Eriksenning o'rnini to'ldirdi.
Mikkel Damsgor o'tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli o'tkazib yubordi. Futbolchi "Sampdoriya" safida bor-yo'g'i 11 ta o'yinda qatnashgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, 22 yoshli futbolchining transfer qiymati – 15 mln evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar