Gvardiola Rodrining yangi jarohati haqida: "Biz unga g'amxo'rlik qilishga harakat qildik, ammo bo'lar ish bo'ldi"
06 okt 19:39
Yangiliklar
Gvardiola Rodrining yangi jarohati haqida: "Biz unga g'amxo'rlik qilishga harakat qildik, ammo bo'lar ish bo'ldi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 7-turidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi (1:0) o'yinda jarohatlangan yarim himoyachi Rodri haqida fikr bildirdi.
29 yoshli ispaniyalik futbolchi uchrashuvni boshlab berdi va 22-daqiqada almashtirildi.
"U kuchli. Albatta, men uni yo'qotishni istamayman, chunki u juda muhim futbolchi. Biz unga g'amxo'rlik qilishga harakat qildik, ammo bo'lar ish bo'ldi", – dedi ispaniyalik murabbiy matbuot anjumanida.
Gvardiola Rodri 2 yoki 3 haftadan ko'p vaqtni o'tkazib yubormasligiga umid qilmoqda. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 7 o'yinda maydonga tushdi.
Ispaniyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumning ko'p qismini xochsimon bog'lami uzilgani va tizzaosti payidan olgan jarohati sabab o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar
Kstate, xoram Otni uvoli uryabdi shekillida.