Damir Temirov: "Burchakdan gol? O'ylaymanki, bu oxirgisi bo'lmaydi"
04 avg 2022 16:23
Yangiliklar
Damir Temirov: "Burchakdan gol? O'ylaymanki, bu oxirgisi bo'lmaydi"
Uchrashuvda Damir Temirov tomonidan urilgan yagona gol mehmonlarga g'alaba keltirdi. Yarim himoyachi ayni paytda 4ta gol bilan Superligada jamoasining to'purari bo'lib turibdi. Uchrashuvdan so'ng Damir Temirovning fikrlari bilan qiziqdik.
- O'yin haqida...
- Tomoshabop va kurashlarga boy o'yin bo'ldi, deya olaman. CHinakam Toshkent viloyati derbisi bo'ldi. Muxlislar va jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
- "Metallurg" bu yil ikkita o'yinda ham AGMKni mag'lub etishga erishdi. Bu borada raqibga qarshi maxsus tayyorgarlik ko'rilganmidi?
- Har bir o'yinga raqibdan kelib chiqib tayyorgarlik ko'ramiz. Ularni o'rganamiz. Murabbiylar bu borada tegishli ko'rsatmalarni berishadi.

- Burchakdan to'g'ri raqib darvozasini ishg'ol qildingiz. Bu qanday amalga oshdi?
- Mashg'ulotlarda standartlar ustida ko'p ishlaymiz. Golga kelsak, omadim keldi. O'ylaymanki bu oxirgisi bo'lib qolmaydi.
- Mavsum oxirigacha nechta gol urishni maqsad qilgansiz?
- O'z oldimga doim maksimal vazifa qo'yaman. Nechta gol urish nasib qilgan bo'lsa, shuncha to'p kiritaman. Hammasi xudodan.

- AGMKning boshqalar payqamaydigan qanday xatolarini sezdingiz?
- Boshqa jamoaning xatolarini muhokama qilmoqchi emasman. Futbol kamchiliklardan iborat.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar