Damir Temirov "Andijon" muxlislariga iltimos bilan chiqdi
09 avg 10:05
Yangiliklar
Damir Temirov "Andijon" muxlislariga iltimos bilan chiqdi
- Damir "Andijon" safarda "Nasaf"ga qarshi o'yinda durang natija qayd etdi. Mazkur uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?
- Avvalambor, muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Shuncha yo'l bosib kelib, bizni butun uchrashuv davomida qo'llab-quvvatlashdi. Juda zo'r o'yin bo'ldi. G'alaba qozonib ketishimiz ham yoki yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi.
- Umuman, natijadan qoniqish hosil qildingizmi?
- 50x50 qoniqdim. Menimcha, amaldagi chempionga qarshi safardagi durang yomon natija emas.
- Keyingi turda vodiy derbisi Andijonda bo'ladi. Bo'lajak o'yin oldidan nima deya olasiz?
- Muxlislarimizga iltimosim bor: “Bobur arena”ga kelib stadiondagi muhitni har doimgidek “yondiringlar”, o'yin ham “yonadi”!
- Ikkinchi davrani jamoa yaxshi boshladi. Etiborlisi, siz ikkita o'yinda 3 ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?
- Har doim niyatni katta qilib, Yaratganga tavakkal qilaman.
- Ikkinchi davrada jamoa ancha o'zgargani bilinib turibdi. Sizda ham yangicha ishtiyoq paydo bo'lgan, shunday emasmi?
- Xudoga shukr, hammasi yaxshi ketmoqda. Xudo xohlasa, shu ruhda davom ettiramiz va maqsadlarimizga erishamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar