So’nggi yangiliklar

01:30ОФК бош котиби: Эрон ЖЧ-2026 да иштирок этади  9 00:463:0 дан кейин хотиржамликка ўрин йўқ! Арбелоа "Ман Сити"га қарши жавоб ўйинидан нима кутмоқда?  10 00:12Неймар Бразилия терма жамоасининг қайдномасига киритилмади  7 00:04"Агар атайлаб урганимда, у ўрнидан тура олмасди!" Рюдигер рақибининг жағига берган зарбаси ҳақида  13 23:30Барча 18 жамоа чемпион бўлиши... ёки қуйи лигага тушиб кетиши мумкин бўлган Польша лигасига хуш келибсиз  0 23:00"Чўққида!" Винисиус Жуниор "Оскар" ютган Майкл Б. Жорданни қутлади  1 22:18Рой Кин МЮни огоҳлантирди: "Кэррик "иблислар" учун эмас, тайёр 3 та супер номзод бор!"  14 22:00Абрамовичнинг найранглари панд берди: "Челси" рекорд жарима ва трансфер тақиқига учради  4 21:23Гвардиола: "Реал" ҳам кўп ютқазган"  15 20:38Болбойни йиқитган Нету жазодан қутулиб қолди  0 20:32Анчелотти "Реал"даги муаммолар ҳақида: "Мбаппенинг келиши Кроос ва Начонинг кетишига тўғри келди, ўзгаришлар доим ҳам силлиқ кечмайди"  2 19:57Жеррард "Ливерпул"дан қўнғироқ кутмоқда  8 19:30Руни Кэррик ҳақида қандай фикрда?  3 19:02"Реал" юлдуз футболчи учун 160 млн евро тўлашга тайёр. У Пересга ёқади  7 18:35"Челси"да босим ортиб бормоқда: Росеньор кетиши мумкин  1

Rasmiy xabar: "Andijon" uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Andijon" uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Yana uch nafar futbolchi "burgutlar"ga aylandi!

"Andijon" yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Bu safar birdaniga uch nafar futbolchi bilan shartnomalar imzolandi. O'tgan yilning ikkinchi yarmida "Dinamo" klubidan ijaraga kelgan yarim himoyachi Damir Temirov mavsum yakunlangach, yana o'z jamoasiga qaytgandi. O'zaro olib borilgan muzokaralardan so'ng 26 yoshli Temirov to'laqonli ravishda "Andijon" azosiga aylandi va yangi mavsumni mazkur jamoa safida o'tkazadi.  Damir o'tgan yili "Andijon" libosida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golli pasni amalga oshirdi.

SHuningdek, "Andijon" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, professional faoliyatini 2018 yilda ushbu jamoada boshlab, 2021 yilgacha to'p tepgan hamda 2022 yildan faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettirgan iqtidorli himoyachi Usmonali Ismonaliev yana qadrdon klubiga qaytdi. 

Ismonaliev oxirgi uch yilni "Bunyodkor" da o'tkazib, u erda hammasi bo'lib, 82 ta uchrashuvda maydonga tushgan holda raqiblar darvozasiga 16 ta gol urdi va 7 ta golli pasni uzatdi. Usmonali yangi mavsumda yana "Andijon" sharafini himoya qiladi.

SHu bilan birga jamoa safiga Osiyo chempioni – Abubakir Ashurov ham qo'shildi. O'zaro muzokaralar ijobiy yakun topgach, tomonlar hamkorlik borasida shartnoma imzoladilar. 2003 yilda tavallud topgan Ashurov "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oxirgi klubi Bekobodning "Metallurg" klubidir. Qolaversa, u "Turon"da ham o'ynagan. Abubakir 2023 yili O'zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan hamda yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Etiborlisi, uchala o'yinchi bilan ikki yillik shartnomalar imzolandi. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика