Damir Temirov: Ijobiy natijaga erishish uchun borimizni beramiz
23 apr 2025 09:45
Yangiliklar
Damir Temirov: Ijobiy natijaga erishish uchun borimizni beramiz
Andijon yarim himoyachisi Damir Temirov Dinamoga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Zo'r tomoshabop o'yin bo'ldi, ammo yakunda alamli mag'lubiyat. Oxirgi daqiqalarda hujumga otlanib, himoyalanishda xatolikka yo'l qo'ydik. «Dinamo» biz kutgandek o'yin ko'rsatdi, ular har doim ochiq futbol o'ynashadi.
Uchrashuvdagi har bir to'xtalish o'yin tempiga tasir qildi. Ammo bu to'xtalishlar bizning foydamizga bo'lmadi.
Muxlislardan iltimos, jamoamizni duo qilib turinglar, biz ijobiy natijalarga erishish uchun borimizni beramiz. Maksimal kuchimizni sarflab, ishqibozlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz», — deydi Temirov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar