So’nggi yangiliklar

17:22Суперлига. "Сўғдиёна" – "Пахтакор": Қувватов, Қаҳрамонов, Жалолиддинов, Фламарион бошланғич таркибда, Таҳсин ва Дориев йўқ  0 16:50Суперлига. "Нефтчи" – "Локомотив" 2:1 (матнли трансляция)  36 16:45Суперлига. "Насаф" – "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  4 16:25Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қозоғистон U-16'га мағлуб бўлди  1 15:36Шармандагарчилик давом этади: CAF Садио Манеден Африка Миллатлари Кубогининг энг яхши ўйинчиси совринини қайтаришни талаб қилди  7 14:41Руни тарихдаги энг ёмон Жаҳон чемпионатини айтди  11 14:14Иккинчи таймда порлаган Салоҳ  1 13:39ФИФА Жаҳон чемпионати бўйича қарор қабул қилди  14 13:08"Биз ҳеч кимдан қўрқмаймиз": Кейн "Бавария"нинг "Реал"га қарши ўйинлари ҳақида  24 12:40Павич "Бавария" тарихида ЕЧЛдаги энг ёш ўйинчига айланди  1 12:03Кэррик "Манчестер Юнайтед" футболчисини йил ўйинчиси совринига лойиқ деб билади  5 11:21Беллингем қачон майдонга қайтади?  3 10:54"Реал" МЮнинг трансфер мақсадини "илиб кетмоқчи"  2 10:21"Манчестер Сити" ва "Челси" товон пули 500 миллион евролик футболчига қизиқиш билдирмоқда  3 09:52"Ливерпуль" ёзда олти ўйинчи билан хайрлашиши мумкин  3

Zabihillo O'rinboev: "Metallurg"ga mehrimiz boshqacha, o'tish o'yinida faqat bir narsadan jahlim chiqdi..." Yangiliklar

Zabihillo O'rinboev: "Metallurg"ga mehrimiz boshqacha, o'tish o'yinida faqat bir narsadan jahlim chiqdi..."

Bekobodning "Metallurg" klubi uchun bu yilgi mavsum so'nggi yillarga qaraganda og'ir o'tdi desak yanglishmaymiz.

Turnir jadvalida so'nggi pog'onada borgan jamoa o'tish bahslari orqali Superligadagi o'rnini saqlab qoldi. "Metallurg" hujumchisi Zabihiloo O'rinboev bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "Metallurg"ni Superligada olib qolish qanday uddalandi?

- Allohning mehribonligi mo'jiza bo'lishiga sababchi bo'ldi. "Metallurg"ni Superligada olib qolishning uddasidan chiqdik. Menimcha, muhim pallada barchamiz birlasha oldik. Murabbiylar nima istayotganini tushundi. Barchamizda xohish kuchli edi. 

- Qorli maydonda o'ynash tajribasi sizda bor. Ob-havo o'z tasirini o'tkazmadimi?

- "Olimpik" bilan o'yindan oldin ochig'i bitta narsadan jahlim chiqdi. Maydonning yarimi tozalangan, yarimi tozalanmagandi. Baribir bu holat futbolning sifatiga, tezligiga tasir qilardi. Bu ikki jamoaga ham to'sqinlik qilardi. Omad esa bizning tomonda bo'ldi. Vaziyatlarimiz gol bilan yakunlandi.

- Og'ir jarohatdan so'ng qaytish o'zgacha hissiyotlarni bergani tayin... 

- O'zim uchun yaxshi tajriba yig'dim. Og'ir jarohatdan so'ng qaytdim. Har tomonlama kirishib olish oson kechmadi. Endi bundan ham ko'proq ishlashim kerak. Birinchi navbatda jamoa Superligada qoldi. "Metallurg"ga mehrimiz boshqacha. 

- Klubni tark etganingiz malum. Keyingi mavsum rejalarini o'ylab ko'rdingizmi?

- Jamoani to'laqonli tark etmadim desam ham bo'ladi. Lekin shartnomam tugadi. Klubning keyingi rejalari aniq emas. Hozircha oila davrasida damni olamiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика