Dalich: "Yaponiya Xorvatiyaga past baho berdi"
06 dek 2022 01:15
Yangiliklar
Dalich: "Yaponiya Xorvatiyaga past baho berdi"
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich JCH-2022da Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Yigitlarni tarixiy natija bilan tabriklayman. Biz yaxshi o'ynadik, ter to'kib mehnat qildik.
Dunyoning eng yaxshi sakkiz jamoasidan biri bo'lish - yaxshi natija. Birinchi bo'limda vaziyatni nazorat qildik, ammo o'zimizga-o'zimiz muammo yaratib oldik.
Yaponlar bizga past baho berishdi, bu ularning xatosi bo'ldi. Ular bizga qarshi oson bo'ladi deb o'ylaydi. Hech qachon xorvatlarga past baho bermang.
Biz tanaffusdan oldin gol o'tkazib yubordik, bunaqasi anchadan beri bo'lmagandi. Gol bizni izdan chiqarib yubordi. Futbolchilarim Germaniya va Ispaniyani mag'lub etganlarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatishdi" - deydi Dalich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar