So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

“So'g'diyona" o'rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning "Istiqlol" klubini mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

“So'g'diyona" o'rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning "Istiqlol" klubini mag'lubiyatga uchratdi

Bugun "So'g'diyona" klubi Toshkentda Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bu haqda Jizzax klubi matbuot-xizmati elon qildi.

Dastlabki bo'lim yuqori  tepmda o'tdi. Jamoamiz futbolchilari bir qator havfli vaziyatlar yaratdi. O'yinning 24 daqiqasida Sardor Azimovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bosh hakam tomonidan penalti belgilandi. Undan SHoxruz Norxonov unumli foydalandi. Birinchi bo'lim 1:0 jizzaxliklar foydasiga yakunlandi.

Ikkinchi bo'limda murabbiylar shtabi bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bo'lim yanada shiddatli o'tdi. Raqib futbolchilari ham “So'g'diyona” darvozasi yonida bir qator havfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Biroq ulardan foydalanishda Tojikistonning futbolchilariga biroz omad etishmadi. Ikkinchi bo'limning so'nggi 10 daqiqasini “So'g'diyona” yana faollikda o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda zahiradan o'yinga qo'shilgan Izzatilla Abdullaev qanotdan ajoyib yurishni  amalga oshirib, Azamat Isroilov tomon to'pni ajoyib tarzda oshirib berdi. Qanot himoyachimiz esa vaziyatdan unumli foydalanib hisobni 2:0 ga etkazdi. SHu tariqa o'yin 2:0 hisobida Aleksandr Mochinov shogirdlarining g'alabasi bilan yakunlandi - deyiladi "So'g'diyona" matbuot-xizmati bergan xabarda.

“So'g'diyona” - “Istiqlol” (Tojikiston) 2:0

Gollar: SHoxruz Norxonov,Azamat Isroilov

«So'g'diyona»: Dilshod Xamroev, Sardor Qulmatov, SHoxrux Xolmatov, Toxir SHamshitdinov, Jahongir Abdumo'minov(s), Doniyor Xasanov, Alisher Ziyavuddinov, Sardor Azimov,  Farxod Miraxmatov, SHoxruz Norxonov,Azamat Isroilov

Zaxirada: SHirinboy Abdullaev, Ruslan Melziddinov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Izzatilla Abdullaev, Akmal Xolmurodov, Elyor Orifov, Umidjon Qodirov.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика