So’nggi yangiliklar

06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  10 00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  104 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   17 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" "Andijon" bilan o'yinda so'nggi soniyalarda gol o'tkazib g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" "Andijon" bilan o'yinda so'nggi soniyalarda gol o'tkazib g'alabani qo'ldan chiqardi

Coca Cola Superligasi 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH 



90+5. Uchrashuv tugadi. "Qizilqum" - "Andijon" 1:1. 

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Siroj Meliev 1:1. Jarimadan oshirib berilgan to'pni Zozulya Emmanuelga etkazdi, Emmanuel esa darvozaga zarba berdi, darvozabon qaytargan to'pga Meliev zarba berib hisobni tenglashtirdi

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi

88. Qadamboy Nurmetovning uzoq masofadan raqib darvozasiga yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi...

84. O'zgarish. "Qizilqum". Ibragimov o'rniga Navaseb tushdi

O'yinda urilgan barcha gollarni telegram kanalimizda tomosha qilish mumkin: GOLLARNI KO'RISH 

83. Uxxxx. Vohid SHodievning erlatib bergan kuchli zarbasi golga aylanishiga santimetrlar etishmadi....

80. O'zgarish. "Andijon". Usmonov o'rniga Litvyakov tushdi

75. O'zgarishlar. "Andijon". Olimov, Abdumo'minov va Ismonaliev o'rniga Bahodirov, Meliev va Avilov tushdi

70. O'zgarishlar. "Qizilqum". Sanoev va Jo'raev o'rniga Ilyasov va SHodiev tushdi

69. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Doston Ibragimov maydon markazidan hujumni boshladi va SHerali Jo'raev raqib jarima maydonchasiga kirib borib uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi -1:0.

65. ZARBAA! Doston Ibragimovning raqib himoyachilari orasidan uzoq burchakka aniq yo'llagan zarbasini yana andijonliklar posboni egalladi...

63. UXX! "Andijon" darvozasi oldida xavfli vaziyat. Ammo ketma-ket ikki marta yo'llangan zarbani Islombek Abdullaev bartaraf etishning uddasidan chiqdi...

60. ZARBA! Jahongir Abdumo'minovning zarbasini Makosin egallab oldi

54. ZARBA! Margievning 25 metrlardan belgilangan jarima to'pidan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

51. Hasanovning bu safargi jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Makosin osonlik bilan egallab oldi

50. Navbatdagi hujum: Jamshid Hasanovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'piga Usmanov bosh bilan zarba yo'lladi, raqib darvozaboni to'pni egallab oldi 

48. UXXXXXXXXXXXXX! O'ng qanotdan jarima maydonchamizga uzatilgan to'pni Abdulla Olimov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi...

46. Ikkinchi taym boshlandi 


45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2️ daqiqa qo'shib berildi.

45. Doston Ibragimov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va kuchli zarba berdi. "Andijon" posboni to'pni egallab oldi.

42. Abdulloh Olimovning jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini Zozulya jamoadoshlariga etkazib bermoqchi bo'ldi, lekin mezbonlar himoyachilari to'pni o'z jarima maydonchalaridan uzoqlashtirishdi

41. "Qizilqum" tarkibida o'zgarish: Doniyor Usmonov o'rniga Qadamboy Nurmetov

40. Raqib bilan to'p uchun kurashda Doniyor Usmonov jarohat oldi...

37. Ibe maydon markazidan hujumni boshlab kelib, yakunda noaniq zarba berdi

36. Burchakdan kiritilgan to'pni Abdulloh egallab olib, Farhodning o'ziga qaytardi, Miraxmatovning to'pga to'xtatmasdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

33. Salim Mustafoevning chamasi 35 metrlardan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi...

30. Sunnatilla Abdullajonov chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi bir himoyachini ustalik bilan aldab o'tib, yaqin burchakka zarba berdi.  Islombek Abdullaev jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi...

24. ZARBA! Doston Ibragimovning jarimadan yo'llagan zarbasiga jonli devor to'siq bo'ldi...

22. Ogohlantirish. "Andijon". Emmanuel Arivchukvu

21. Alisher Sanoev to'pni havolatib uzatdi. Islombek Abdullaev posboni darvozaga kirib borayotga to'pni qaytarib yuborishning uddasidan chiqdi...

18. Ogohlantirish. "Andijon". Usmonali Ismonaliev

16. Abdullo Olimovning chamasi 28 metrlar uzoqlikdan yo'llagan kuchli zarbasi xavfli chiqdi...

14. Muhsin Ubaydullaev o'ng qanotdan ikki raqibini ajoyib tarzda aldab o'tib, jarima maydonchasiga yorib kirdi. Ammo so'nggi lahzada raqib himoyachisi futbolchimizga imkon to'p uzatish imkonini bermadi..

10. Doston Ibragimov o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi va chap oyoqda kuchli zarba yo'ladi. To'p darvoza to'sinining ustidan o'tib ketdi...

5. Jahongir Abdumo'minovning o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pi uchun kurashda Mirahmatov o'yin qoidasini buzdi deb topildi

4. Alisher Sanoevning uzoq masofadan erlatib yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi...

3. Jarimadan uzatilgan to'pni Doniyor Usmonov boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi. "Andijon" posboni Islombek Abdullaev jamoasini goldan saqlab qoldi...

- "Andijon" ko'k rangli libosda maydonning chap tarafidan joy oldi

1. O'yin boshlandi

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.



Coca Cola Superliga. 8-tur


6 iyul, dushanba
20:00 - QIZILQUM – ANDIJON 1:1 
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukurullaev, Jalg'asbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Ramil Ilyasov

Gollar: SHerali Jo'raev 69, - 1:0. Siroj Meliev 90+2, - 1:1.

"Qizilqum": 22.Artyom Makosin, 5.Abdi Bashimov, 8.Ruslan Margiev, 10.Alisher Sanoev (7.Vezirgeli Ilyasov, 70), 17.Salim Mustafoev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev (15.Vohid SHodiev, 70), 75.Oleg Tolmasov, 77.Sunnatilla Abdullajonov, 94.Doniyor Usmonov (11.Qadamboy Nurmetov, 41), 99.Doston Ibragimov (29.Makkartni Naveseb, 84).
Zaxira: 1.Ruslan Matniyazov, 3.Ilhomjon Alijonov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzullo Qambarov, 18.Nodirxon Kamolov.

"Andijon": 71.Islombek Abdullaev, 4.Farhod Mirahmatov, 7.Jamshid Hasanov, 8.Farhod Bekmuratov, 9.Emmanuel Arivchukvu, 14.Mishel Ibe, 17.Abdullo Olimov (25.Qahramon Bahodirov, 75), 22.Usmonali Ismonaliev (5.Xushnudbek Avilov, 75), 23.Timur Usmonov (10.Artyom Litvyakov, 80), 77.Jahongir Abdumo'minov (11.Siroj Meliev, 75), 88.Dmitro Zozulya.
Zaxira: 16.Eldor Adhamov, 3.Azamat Isroilov, 6.Baxtiyorjon Qosimov, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 70. Nodir Mavlonov.

Ogohlantirishlar: Usmonali Ismonaliev 18, Emmanuel Arivchukvu 22.



Qizilqum

Sherali Jo’rayev - 69'

Superliga. 8-tur

06/07/2020, 20:00

1
:
1
Tugadi

Andijon

Siroj Meliyev - 90'

45'
90'
41'  Doniyor Usmonov (Qadamboy Nurmetov)
69'  Sherali Jo’rayev
70'  Alisher Sanayev (Vezirgeldi Ilyasov)
70'  Sherali Jo’rayev (Vohid Shodiyev)
18'  Usmonali Ismonaliev
22'  Emanuel Arivachukvu
75'  Usmonali Ismonaliev (Xushnudbek Avilov)
75'  Abdullo Olimov (Qahramon Bahodirov)
75'  Jahongir Abdumo’minov (Siroj Meliyev)
80'  Temur Usmonov (Artyom Litvyakov)
90'  Siroj Meliyev




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика