So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  7 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  10 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  10

Yosovich penaltidan gol urolmagan o'yinda "Olimpik" mavsumdagi 9-durangga erishdi Yangiliklar

Yosovich penaltidan gol urolmagan o'yinda "Olimpik" mavsumdagi 9-durangga erishdi

Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"Olimpik" – "Qo'qon-1912" 1:1

Toshkent. "Jar" stadioni. 19.00

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Bektursin Kannazarov, Jalgasbay Sarsenov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Abbos Ahrorov

Gollar: Otabek Jo'raqo'ziev, 13 (1:0), SHohnazar Norbekov, 36 (1:1)

"Olimpik": 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Behzod SHamsiev, 7.Ruslan Jiyanov (70.Abubakr Rizo Turdaliev, 70, 47.Nodir Abdixoliqov, 90+4), 9.Temur Mamasidiqov, 10.Farrux Muxtorov (37.Alisher Odilov, 70), 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 19.Doston Tursunov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov (44.SHaxzod Tairov, 77), 23.Abdurauf Bo'riev (99.Muhammadali G'iyosov, 70)

Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 4.Jasurbek Xoldorov, 17.Jalollidin Sodiqov

"Qo'qon-1912": 1.Muzaffar Abdullaev, 7.Jamshid Xasanov (4.Ilxom Vahobov, 46), 8.Sanat SHixov, 10.Javohir Sidiqov, 11.SHohnazar Norbekov (5.Slavko Lukich, 77), 13.Sardor Azimov (70.Bilolxon Toshmirzaev, 63), 14.Avazxon Mamatxo'jaev (27.Anvar Xojimirzaev, 63), 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 33.Ivan Yosovich, 77.Murod Xolmuhammedov 

Zaxira: 21.Islom Abdullaev, 6.Dilshod Rahmatullaev, 9.Andrey Sidorov, 20.Murodjon Komilov, 22.Sardor Etovqo'ziev

Amalga oshirilmagan penalti: Yosovich, 45+2

Ogohlantirishlar: Rustamov (60), Odilov (75), SHamsiev (90+3).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv murosaviy natija bilan yakunlandi! 

Yo'q, penalti berilmadi.

Hakam "Olimpik" futbolchisini ogohlantirib, ular foydasiga penalti belgilashi mumkin.

90+3. SHamsiev raqibidan maydon chetiga chiqarib qo'ygani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. To'pga eta olmagan Ro'ziev alamidan maydonni tark etdi, Sidirov maydonga tushdi.

86. Ro'zievga oshirilgan to'pga maydon torlik qildi.

83. Toshmirzaev barchani osmonga qarashga majbur qiladigan zarba yo'lladi.

80. G'iyosov raqib jarima maydonida fint-mintlar qilib tashlab, zarba yo'lladi, Abdullaev esa uning shuncha harakatini puchga chiqardi. 

77. O'zgarishlar: mezbonlarda Tairov Ibrohimovni alishtirdi, mehmonlar safida esa Norbekovning o'rniga Slavko Lukich maydonga tushdi.

75. Alisher Odilov ham maydonga tushgach, qaysidir harakati bilan yodda qolishni xohladi va maqsadiga erishdi — hakam tomonidan ogohlantirildi.

70. "Olimpik"da bir, ikki, uch o'zgarish: Odilov, G'iyosov va Turdaliev maydonga tushdi, Muxtorov, Bo'riev va Jiyanov maydoni tark etdi.

66. Jo'raqo'ziev bir harakat bilan ikki nafar 10-raqamli futbolchini yiqitdi: biri raqib o'yinchisi, biri o'z sherigi.

63. "Qo'qon-1912" tarkibida ikki o'zgarish: Azimov va Mamatxo'jaev maydonni tark etdi, maydonga Toshmirzaev hamda Xojimirzaevlar tushishdi.

62. Jiyanov yo'llagan zarbani "Qo'qon" posboni guldasta o'rnida qabul qildi.

60. Rustamov Doston Tursunovning boshini to'p deya o'yladi, qayta shunday o'ylamasligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

59. Hujumgayam Muxtorov, himoyada to'pni qaytarishgayam yana u, cement zavodgayam...

58. Muxtorov zerikib qolgan burchak bayroqchasi yoniga to'pni o'rnatdi.

57. Muxtorov shunchalik tez harakat qildiki, unga uzatilgan to'p ortda qolib ketdi.

55. Jo'raqo'zevning dublni nishonlashiga "Qo'qon" posboni imkon bermadi. 

54. Mirsaidovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mehmonlar vakili raqibga nisbatan qo'pollik ishlatmadim, shunchaki oyog'idan tepdim, demoqda, menimcha.

47. Jo'raqo'zevning tepgan to'pi raqib o'yinchilariga tegib, maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Ikkinchi bo'lim oldidan mehmonlarda o'zgarish: Jamshid Xasanov o'z o'rnini Ilxom Vahobovga bo'shatib berdi

"Titanik" filmidan qiziqroq birinchi bo'lim yakunlandi.

45+5. Norbekovning zarbasidan so'ng Nazarov kiyinimi iflos qilishni istamadi hamda Kung-fu futbolidagi darvozabonning harakatlaridan birini amalga oshirdi.

45+2. Nazaroooooooooooov to'pni qaytardi! Dastlab Siddiqov o'zi ishlagan standartni tepmoqchi edi, keyinchalik negadir Yosovich nuqta yoniga yaqinlashdi va vaziyatni golga aylantira olmadi. SHerigini rozi qilmagan ko'rinadi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shilgan bir vaqtda mezbonlar darvozasiga PENALTI belgilandi.

44. Ro'zievning zarbasini Nazarov xayr-xush qilib kuzatib qo'ydi.

42. "Olimpik" himoyachilari Maguayrning tez-tez uchraydigan harakatini takrorlashiga sal qoldi.

Hammasi joyida. Gol inobatga olindi.

VARjon vaziyatni ko'rib chiqmoqda...

36. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Norbekov Jo'raqo'zev uslubida men ham tepa olaman degancha shunga o'xshash uslubda Nazarovning kayfiyatini buzdi.

33. Muxtorovning jarimadan raqib jamoa rahmat aytadigan zarba yo'lladi.

27. Muzaffar Abdullaev boshlagan hujumni "Qo'qon" hujumchisi to'xtatolmadi, mehmonini kutib olishga chiqqan Nazarov esa kalla qo'ydi, to'pga.

26. Jamshid Xasanov raqamdoshini oldinga o'tkazib yuborgisi kelmadi.

22. Nazarovni maqtasa taltayib ketarkan, boshqa maqtamay turaman, odatdagi o'yinini ko'rsatishi uchun.

21. Nazarov yana Noyerning ishini bajardi, mehmonlar hujumchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqishini markazdan boshlashi kerak, shekilli.

18.  "Qo'qon" himoyachisi Jiyanovga hayotda dard, alam, og'riq kabi tuyg'ular borligini eslatib qo'ydi.

17. Muxtorovning zarbasi futbolning tugashi, regbining boshlanishiga o'xshadi.

15. Mirsaidov tablodagi toq raqamni juftga aylantirishiga bir bahya qoldi.

13. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Jo'raqo'zev taxminan 17-18 metrlar chamasi masofadan raqib darvozabonining faqatgina tomosha qilishi mumkin bo'lgan zarbani yo'lladi. Jo'raqo'zevga to'p kelganda uxlab qolmaslik kerak.


11. "Oyog'ing uzun bo'lmasa ham, qo'llaring uzun bo'lsin" — "Qo'qon-1912" darvozaboni foydasiga ishlagan vaziyat. 

10. Mehmonlar raqibga to'pni sovg'a qilishdi, ammo "Olimpik" futbolchisi tekin sovg'ani qabul qilishga vijdoni qiynalib, vaziyatni xavfga aylantira olmadi. 

7. Muhammadqodir Hamraliev to'p raqib darvozasining to'riga ilinib qolib ketishidan cho'chidi, shu bois zarbani boshqa tarafga yo'naltirdi.

6. Nazarov qo'qonliklarning qarshi hujumini "so'ramasdan" buzib qo'ydi. 

4. Sanat SHixov ismiga loyiq ishni namoyish eta olmadi, natijada to'p undan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

1. Uchrashuvni qo'qonliklar boshlab berishdi deyishim bilanoq, ular zarba yo'llashgayam ulgurishibdi.

"Paxtakor-79" xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanmoqda.

Bugun "Olimpik" oq rangli libosda, 4-3-3 sxemasida, "Qo'qon-1912" esa ko'k rangli libosda, 4-4-2 sxemasida harakat qiladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Teleefirga ulansam, muxlislarga to'la maydonni namoyish etishayotgan ekan. Bir muddat o'zimga kelolmay qoldim, keyin sinchiklab qarasam, hammasi joyida, boshqa stadionni ko'rsatishayotgan ekan. Hechqisi yo'q, biz ham shunday manzaraga guvoh bo'larmiz qachondir. Osiyo kubogidan shunday orzularimiz ro'yobga chiqqandi har holda. Lekin maydon holatiga gap bo'lishi mumkin emas.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! "Jar" stadionida o'tayotgan bahsda qaysi jamoa mag'lubiyat jariga sho'ng'ishini-yu, qaysi jamoa O'zbekiston shaxmatchilarining qilgan ishlarini takrorlashini kuzatamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика