So’nggi yangiliklar

13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  10 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  3 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  8 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  14 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  8 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  29 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   7

Coca Cola Superliga. Qilichevning penaltidan urgan goli "Qizilqum"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Qilichevning penaltidan urgan goli "Qizilqum"ga g'alaba keltirdi

Coca Cola Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.



Coca Cola Superliga. 24-tur
24 noyabr, seshanba
"QIZILQUM" - "METALLURG" 1:0
Hakamlar: Elyor Tursunov, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: SHohruh Said

Gol: penalti Oybek Qilichev 35'

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev (44.Ibrohim Tomiva, 84), 8.Ruslan Margiev, 10.Alisher Sanoev (88.Jamshid Hasanov, 63), 14.Fayzullo Qambarov (18.Jasur Azimov,, 46), 15.Vohid SHodiev, 17.Salim Mustafoev, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev, 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 5.Vladislav Kasminin, 11.Qadamboy Nurmetov, 20.Xurshidjon Olimov, 77.Sunnatilla Abdullajonov.

"Metallurg": 1.Akmal Tursunboev, 5.Abbos Otaxonov, 8.Salamat Qutiboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev (10.SHahzodbek Ubaydullaev, 67), 21.Kamoliddin Tojiev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 77.Muhammad Isaev (11.Murodbek Bobojonov, 80), 88.Evgeniy CHumak.
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 4.Odilbek Abdumajidov, 7.Doniyor Narzullaev, 20.Xudoyshukur Sattorov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 36.To'lqin Ergashev, 49.Davron Anvarov.

Ogohlantirishlar: Zohid Abdullaev (27), Oybek Qilichev (44), Kamoliddin Tojiev (68), Erkin Baydullaev (75). 


Qizilqum

Oybek Qilichev - 35'

Superliga. 24-tur

24/11/2020, 17:00

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
35'  Oybek Qilichev
44'  Oybek Qilichev
46'  Fayzullo Qambarov (Jasur Azimov)
63'  Alisher Sanayev (Jamshid Hasanov)
75'  Erkin Baydullaev
84'  Oybek Qilichev (Ibrohim Tomiva)
27'  Zohid Abdullayev
67'  Zohid Abdullayev (Shahzod Ubaydullayev)
68'  Kamoliddin Tojiyev
80'  Muhammad Isaev (Murod Bobojonov)

YANGILASH


Bahs yakunlandi. "Qizilqum" "Metallurg"ni kichik hisobda engdi.

90+3. Zarba! Baydullaevning jarimadan tepgan to'piga ozgina aniqlik etishmadi. 

90+1. Bobojonov hujumda fol ishlatdi. 

Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Zarba! Tomivaning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Toshpo'latov o'z jamoasini qutqardi. 

88. O'yin davomi etadi. "Metallurg" hujum tashkil etyapti. 

86. Toshqo'ziev Jo'raevga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. 

84. "Qizilqum"da o'zgarish: Qilichev o'rniga Tomiva tushdi. 

84. Jamshid Hasanovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

80. "Metallurg"da o'zgarish: Isaev o'rniga Bobojonov o'yinni davom ettiradi. 

80. Burchakdan uzatma, Otaxonovning bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.  

79. "Metallurg" qarshi hujum boshlashga urindi, ammo Qutiboevning pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi. 

75. Baydullaev Andreevni yiqitdi va sariq oldi. 

73. Ubaydullaevning jarimadan tepgan to'pi kuchli, biroq noaniq ketdi. 

72. Mustafoev Abdulhaqovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam jarima to'pi belgiladi.  

68. Tojiev SHodievga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

67. "Metallurg"da o'zgarish: Abdullaev o'rniga Ubaydullaev tushirildi. 

63. "Qizilqum"da almashtirish: Sanoev o'rniga Hasanov tushirildi. 

61. Salamat Qutiboevning bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz ko'rinish oldi. 

58. Zarbaaaa!  Oybek Qilichevning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

56. Zarba!  CHumakning zarbasi kosmosga yo'naltirildi. 

55. "Metallurg" ketma-ket 2 ta burchak to'piga ega bo'ldi, ammo ular hali samara keltirmadi. 

52. Qanday vaziyat!!!  CHumak jarima to'pini o'yinga kiritdi, Otaxonov bosh bilan pas berdi, Nesterov to'pni qaytardi, qaytgan to'p Toshqo'zievga etib keldi, u esa qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 


49. Qutiboev Tolmasovga nisbatan qoidani buzdi. 

48. Qilichevdan zarba!  Tursunboev o'z o'rnida! 

46. "Qizilqum"da o'zgarish: Qambarov o'rniga Azimov tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. Oybek Qilichev xushtak chalinishiga qaramasdan to'pni tepib yubordi va ogohlantirish oldi. 

42. Toshpo'latov o'ng qanotda faollik ko'rsatib, oldinga o'tdi, biroq yiqitildi. 

40. CHumakning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 

39. Abdurahmon Abdulhaqovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, jarima. 

36. SHipilov etiroz uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. 

35. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL! Oybek Qilichev bu gal adashmadi va hisobni ochdi – 1:0! 


33. Oybek Qilichevning penaltidan tepgan to'pini Tursunboev qaytardi, biroq posbon oldinga chiqib ketgani tufayli 11 metrlik qaytadan tepiladi.  


32. PENALTI!  Qilichev jarima madoni ichida Otaxonov tomonidan yiqitildi.  

30. Zarba!  CHumakning zarbasini Nesterov ushlab oldi. 

27. Abdullaev Ubaydullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq oldi, jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

25. Zarba!  Sanoevning zarbasi Tursunboev tomonidan qaytarildi, burchak to'pi. 

23. Uuuxx!  Ubaydullaevning zarbasidan keyin Qambarov to'pni darvoza tomon to'g'rilashga urindi, biroq ozgina omad etishmadi. 

20. Zarba!  Qutiboevning zarbasi xavfli, biroq noaniq chiqdi. 

19. Mustafoev maydon markazida Abdulhaqovni yiqitdi. 

17. Sanoevning zarbasi rikoshet orqali yo'nalishini biroz o'zgartirdi, SHerali Jo'raev vaziyatni golga aylantirmoqchi bo'lgan bir paytda Tursunboev to'pni egallab oldi.  

17. Toshqo'ziev maydon markazida Ubaydullaevni qoida buzish orqali to'xtatdi. 

15. Toshpo'latovning havodan uzatgan pasi Abdullaevning bosh bilan bergan kuchsiz zarbasi bilan tugadi. 

14. Zarba!  Zohid Abdullaevning erlatib tepgan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

11. Zarbaaa!  Vohid SHodiev o'yindagi dastlabki zarbani berdi, Tursunboev zarbani musht bilan qaytardi.  

10. Qutiboev chap qanotdan oldinga bordi va kuchsiz uzatmani amalga oshirdi. 

8. Hozircha uchrashuv teng kurashlar ostida kechmoqda. Bir u, bir bu jamoa to'p bilan muomala qilishga intilyapti.  

5. Vohid SHodiev tomonga yaxshi uzatma etib kelayotgandi, ammo ofsayd qayd etildi. 

3. "Qizilqum" to'p nazoratini o'z qo'liga olgandi, biroq to'p yo'qotildi, Muhammad Isaev tezkor qarshi hujum boshladi, yakunda to'p "aut"ga chiqib ketdi. 

1. O'yinga start berildi! 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Superliga 24-turidan o'rin olgan so'nggi bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib boring. 

- Uchrashuv soat 17:15da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика