So’nggi yangiliklar

12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  0 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  14 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  12 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  14 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  20 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  8 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  6

Coca Cola Superliga. "Qizilqum" penalti evaziga "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Qizilqum" penalti evaziga "Andijon"ni mag'lub etdi

Teglar :  Qizilqum Andijon
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin.


QIZILQUM – ANDIJON - 1:0
11 mart 2021 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Farhod Usmonov, Zufar Eliboev, Naim Qosimov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Bekzod Aripov. 

Gol: Oybek Qilichev 31 penalti, - 1:0.

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev (4.Mirjalol Qosimov, 87), 8.Georgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze, 17.Salim Mustafoev, 18.Jasur Azimov (62.Jahongir Ergashev, 55), 19.Jamshid Hasanov (9.Behruz Sadilloev, 78), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.SHerali Jo'raev, 75.Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 14.Fayzulla Qambarov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 30.Elguja Grigalashvili.

"Andijon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 3.Edgar Bernxardt (33.Doniyor Abdumannopov, 63), 4.Usmonali Ismonaliev, 6.Ibrohim Otaxonov, 7.Martin Boaki, 9.Kamron Saydazimov (17.Farhod Sohibjonov, 74), 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Doniyor Ismoilov, 28.Sunnatillo Hamidjonov, 49.Plamen Dimov, 77.Muhammad Isaev (70.Diyor Rahimqulov, 46).
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 2.Kamron Nadjafaliev, 11. Abdulxay Ismoilov, 18.Abdug'ani Kamolov, .

Ogohlantirishlar: SHerali Jo'raev 23, Jasur Azimov 32,


YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Qizilqum" - "Andijon" 1:0

90+2. ZARBAAAAAAAAAAA! Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

89. ZARBAAAAAAAA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Mate Vatsadze boshi bilan darvozaga yo'lladi, Ziyovutdinov to'pni qaytardi! 

87. O'zgarish. "Qizilqum". Oybek Qilichev o'rniga Mirjalol Qosimov

85. Xavfli vaziyat! ZARBAAAAA! Martin Boaki birga bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi, to'pni Nesterov qaytardi!

78. O'zgarish. "Qizilqum". Hasanov o'rniga Sadilloev tushdi

74. O'zgarish. "Andijon". Kamron Saydazimov o'rniga Farhod Sohibjonov tushdi

73. ZARBAAA! Oybek Qilichevning aylanma zarbasi golga aylanishiga santimetrlar etishmadi...

69. Doniyor Abdumannopovning chap qanotdan oshirib bergan to'pini navoiyliklar maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

67. Mezboglarning tezkor qarshi hujumidan keyin Jamshid Hasanov raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Ammo himoyachilar Jamshiddan ildamroq harakat qilishdi.

65. Hasanov-Vatsadze kombinaciyasidan keyin Matening erlatib yaqin burchakka yo'llagan zarbasini darvozabon egallab oldi. 

63. O'zgarish. "Andijon". Edgar Bernxardt o'rniga Doniyor Abdumannopov tushdi 

55. O'zgarish. "Qizilqum". Azimov o'rniga Ergashev tushdi

48. Ogohlantirish. "Andijon". Diyor Rahimqulov 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

O'zgarish. "Andijon". Isaev o'rniga Diyor Rahimqulov tushdi 




45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43. ZARBA! Doniyor Ismoilovning navbatdagi urinishi ham noaniq...

38. ZARBA! Jasur Jaloliddinovning chamasi 35 metr masofadan yo'llagan zarbasi noaniq

32. Ogohlantirish. "Qizilqum". Jasur Azimov

31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! OYBEK QILICHEV 1:0. Yarim himoyachi penaltidan gol urib hisobni ochdi. 




30. Penalti! Nizomiddin Ziyovutdinov Jamshid Hasanovni yiqitdi. "Qizilqum" penalti tepadi 

27. O'yin ancha jonli va tezkor davom etmoqda. Biroq xavfli vaziyatlar u qadar ko'p emas

23. Ogohlantirish. "Qizilqum". SHerali Jo'raev

22. Mezbonlar jarima zarbasini o'ziga xos uslubda amalga oshirishdi. Jamshid Hasanovning erlatib bergan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi..

17. Andijonliklarning kamsonli hujumlaridan biri. Yana Doniyor Ismoilov uzoq masofadan zarba berishga erishdi. Bu galgi zarba avvalgisidanda noaniq chiqdi.

15. Mate Vatsadzening o'tkir burchak ostidan erlatib yo'llagan kuchli zarbasini Ziyovutdinov egallab oldi... 

12. Ziyovutdinovning oldinroqqa chiqib olganini ko'rgan "Qizilqum" futbolchisi to'pni darvoza tomon havodan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi. Ammo noaniq.

10. Jasur Jaloliddinov raqiblar jarima maydonchasi ichiga kirib borib, to'pni sherigiga etkazib bermoqchi edi to'pni raqib futbolchisi egallab oldi.

5. "Qizilqum" futbolchisi Jasur Jaloliddinovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!



- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика