So’nggi yangiliklar

20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  1 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  2 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  14 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  1 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  1 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  4 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  8 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  5 17:10Суперлига. "Сурхон" - "Машъал" (матнли трансляция)  2 16:47Ўзбекистонлик ҳакам университетлар ўртасидаги Жаҳон чемпионати учрашувини бошқарди  0 16:27ЎФФ раҳбарияти Осиё Кубоги саралаши олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  2 15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  6 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  6

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" sentyabr boshida uchta o'yin o'tkazadi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" sentyabr boshida uchta o'yin o'tkazadi

O'zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola Superliganing II davra uchrashuvlari karantin qoidalari yumshatilganidan kelib chiqib, uy-safar tizimida o'tishini malum qilgandi.

Sir emaski, “Paxtakor” futbol klubi Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun 10 sentyabr kuni Qatarga yo'l oladi. SHu bois, Superliga uchrashuvlarini to'liq yakuniga etkazish uchun O'zPFL “Paxtakor” klubining 10 sentyabrga qadar 3 ta rasmiy o'yinda maydonga tushishi kerakligini malum qildi va rejaga kiritdi. Bunda “Paxtakor” ketma-ketlikda “Navbahor”, “Buxoro” va “Metallurg” klublariga qarshi kurash olib borishi kerak.

O'FA Terma jamoalar markazi 3 sentyabr kuni Tojikistonga qarshi o'rtoqlik o'yini bor ekanidan kelib chiqib, “Buxoro” va “Navbahor” jamoalari ketma-ketligini o'zgartirishni so'radi. Ammo “Buxoro” klubi markazlashtirilgan musobaqada qolgan jamoalardan bitta ko'proq o'yinda maydonga tushgani, shuningdek, klubni bir qator futbolchilar tark etganidan kelib chiqib, mazkur taklifga rozi bo'lmadi. O'z navbatida “Paxtakor” klubi Qatar safari oldidan Namangan yoki Muborakda emas, yaqinroq hududda uchrashuv o'tkazishi to'g'riroq bo'lishi, shundan kelib chiqib, ketma-ketlikni taqvim bo'yicha belgilash to'g'ri bo'lishini malum qildi. O'zPFL klublarning bu takliflarini hurmat qiladi. 

SHundan kelib chiqib, uchrashuvlar quyidagi sanalarga belgilandi:

1 sentyabr, 19:00 “Navbahor” — “Paxtakor”

5 sentyabr, 18:00 “Buxoro” — “Paxtakor”

8 sentyabr, 19:00 “Metallurg” — “Paxtakor”

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика