So’nggi yangiliklar

20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  5 19:29"Рома"нинг 100 дан ортиқ қуролланган мухлислари Ниццада қўлга олинди  0 18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  20 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  2 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  13 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   16 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  21 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  10

Coca Cola Superliga. Namanganda "Navbahor" va "Nasaf" o'zaro durang o'ynashdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Namanganda "Navbahor" va "Nasaf" o'zaro durang o'ynashdi

Teglar :  NasafNavbahor
Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.



Coca Cola Superliga, 3-tur

NAVBAHOR – NASAF - 0:0
19 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 17 752 tomoshabin.
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Ruslan Serazitdinov, Timur Gaynulin, Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Jahongir Saidov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
VAR operatori: SHoxruz Xodjaev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe (18.Bahrom Abdurahimov, 66), 19.Mirzohid G'ofurov (28.Nikola Tashich, 46), 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 88.Slavisha Stoyanovich.
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5.Xushnudbek Avilov, 8.Sardor Telyakov, 25.SHohrux Mahmudxojiev, 70.Abbos G'ulomov.

"Nasaf": 1.Umid Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 15.Jo'rabek Mannonov (6.Murod Xo'jamberdiev, 66), 19.Husayin Norchaev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Abubakr-Rizo Turdialiev (20.Suhrob Nurulloev, 85), 77.Oybek Bozorov (14.SHokir Yo'ldoshev, 73), 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 35.Abduvohid Nematov, 13.Azamat Soyibov, 25.Muxriddin Zoirov, 50.SHohmalik Komilov. 

Ogohlantirishlar: Islombek Isoqjonov 27, G'olib G'aybullaev 27, Jo'rabek Mannonov 41.



YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi - 0:0

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

87. Xavfli vaziyat! Stanoevichning to'p uzatishidan keyin Norchaev zarba berdi, to'pni Yusupov egallab oldi, qanot hakami offsayd qayd etdi

85. O'zgarish. "Nasaf". Abubakr-Rizo Turdialiev o'rniga Suhrob Nurulloev

80. ZARBAAAAA! O'ng qanotdan Abbos G'ulomovning kuchli zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi!

78. ZARBAAAAA! "Nasaf" xavfli hujum uyushtirdi. SHokir Yo'ldoshevning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.



75. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 17 752 tomoshabin tashrif buyurdi.

74. ZARBAAAAA! O'ng qanotdan Hoshimov oshirgan to'pni Isoqjonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

73. O'zgarish. "Nasaf". Oybek Bozorov o'rniga SHokir Yo'ldoshev

72. ZARBAAA! Ivan Solovyovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

69. Murodbek Xo'jamberdiev uzoq masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

67. ZARBAAAAAAAAAAAA! SLAVISHA STOYANOVICH! Uzoq masofadan yo'llangan kuchli zarba aniq chiqdi, Umid Ergashevdan seyv!

66. O'zgarish. "Navbahor". Ehsoni Panshanbe o'rniga Bahrom Abdurahimov tushdi

66. O'zgarish. "Nasaf". Jo'rabek Mannonov o'rniga Murodbek Xo'jamberdiev maydonga tushdi.

62. ZARBAAAA! Slavisha Stoyanovich jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

60. Islom Isoqjonov darvoza tomon zarba yo'lladi. Darvozabon to'pni egallab oldi.

54. "Nasaf"chilar burchak to'pini amalga oshirishdi, foydasiz

48. UXXX! Ivan Solovyov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, bosh hakam bu vaziyatda penalti yo'q deb topdi. Eslatib o'tamiz, o'yinda VAR bor



46. O'zgarish. "Navbahor". Mirzohid G'ofurov o'rniga Nikola Tashich


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

41. Ogohlantirish. "Nasaf". Jo'rabek Mannonov

38. UXXX! Oybek Bozorov chap qanotdan oldinga o'tib to'pni darvoza tomon uzatdi, Yusupov o'z o'rnida!

34. ZARBA! Marko Stanoevichning kuchsiz zarbasidan keyin to'pni Yusupov ushlab oldi

27. Ogohlantirish. "Nasaf". G'olib G'aybullaev

27. Ogohlantirish. "Navbahor". Islombek Isoqjonov

24. Bugungi bahsni O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov stadiondan kuzatib bormoqda

18. "Navbahor" futbolchilari jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. To'p oldida Ivan Solovyov. Himoyachilar to'pni qaytarishdi



15. Xavfli vaziyat! Quvondiq Ro'zievda ajoyib imkoniyat vujudga kelgandi. Bu vaziyatda raqib himoyachisi faol o'ynadi.



10. ZARBA! Husayin Norchaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib tezligini pasaytirdi va Yusupovning qo'liga borib tushdi

7. UXX! Oybek Bozorov qulay vaziyatdan foydalana olmadi

4. ZARBAAA! "Navbahor"ning hujumi, o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Stoyanovich darvozaga yo'lladi, to'p to'rga tashqi tomondan tegdi! 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика