So’nggi yangiliklar

13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  0 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  9 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  3 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  7 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  3 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  13 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  2 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  8 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  6 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  26 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  8 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   7

Coca Cola Superliga. "Mashal" "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Mashal" "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Coca Cola Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


Coca Cola Superliga. 24-tur
24 noyabr, seshanba
13:00 - MASH'AL - NAVBAHOR - 3:0
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Sardor Abduraimov 56, - 1:0. Humoyun Murtozaev 59, - 2:0. Ibe Mishel Okoro 68, - 3:0 (Sardor Abduraimov).

"Mashal": 35.Rahimjon Davronov, 8.Ibe Mishel Okoro, 10.SHerzod Temirov (99.Jahongir Abdusalomov, 89), 14.Ella Ken Armand (77.Ibrohim No'monov, 46), 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos SHodmonov, 19.Sardor Abduraimov (5.Najmiddin Normurodov, 84), 22.Sirojiddin Qo'ziev, 23.Samandar SHukurullaev, 29.Humoyun Murtozaev (11.Mo'minjon Meliev, 75), 33.Denis Vasilev.
Zaxira: 1.Botir Nosirov, 7.Ifeani Ifeani, 15.Muhammadali Aliqulov, 27.Sardorbek Eminov, 76. Abdumalik Norqobilov.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe (70.Abbos G'ulomov, 81), 5.G'iyos Komilov (28.Xurshidbek Muxtorov, 46), 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg'unboev, 18.Sardar Telyakov, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Davron Hoshimov (33.Tohirjon SHamsitdinov, 63), 27.Islom Rashidxonov (88.Ruslan Bolov, 46), 95.Zabihillo O'rinboev (25.SHohruh Mahmudhojiev, 63).
Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 30.Abdujamol Isroilov, .

Ogohlantirishlar: Jamoliddin Ubaydullaev 45, SHerzod Temirov 57, Abbos SHodmonov 85,


YANGILASH



90+4. O'yin yakunlandi. 

89. O'zgarish. "Mashal". Temirov o'rnga Abdusalomov

85. Ogohlantirish. "Mashal". Abbos SHodmonov

84. O'zgarish. "Mashal". Sardor Abduraimov o'rniga Najmiddin Normurodov

81. O'zgarish. "Navbahor". Panshanbe o'rniga G'ulomov

81. ZARBAAAA! Azizbek Turg'unboevning zarbasi ancha noaniq ketdi!

75. O'zgarish. "Mashal". Humoyun Murtozaev o'rniga Mo'min Meliev

72. Mezbonlar o'z jarima maydonchalari yaqinida Azizbek Turg'unboevga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. Jarima zarbasini Turg'unboevning o'zi amalga oshirdi. Lekin to'p "jonli devor"ga tegib qaytdi.

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ibe Mishel Okoro jarima maydoni tashqarisidan to'pni darvozaga yo'lladi - 3:0. 



63. O'zgarishlar. "Navbahor".  Davron Hoshimov o'rniga Tohirjon SHamsitdinov, Zabihillo O'rinboev o'rniga SHohruh Mahmudhojiev maydonga tushishdi.

61. ZARBAAAAAAAAA! SHerzod Temirovning kuchli zarbasidan keyin Yusupov to'pni qaytardi!



59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Humoyun Murtozaev 2:0




57. Ogohlantirish. "Mashal". SHerzod Temirov

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sardor Abduraimovdan ajoyib gol, uch himoyachidan qochib ketib gol urdi - 1:0!



46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. "Mashal". Ella Ken o'rniga Ibrohim No'monov tushdi

46. O'zgarishlar. "Navbahor". Rashidxonov o'rniga Bolov, Komilov o'rniga Muxtorov tushdi



45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi

45. Ogohlantirish. "Mashal". Jamoliddin Ubaydullaev

39. ZARBAA! Sirojiddin Qo'zievning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

36. Aziz Turg'unboev jarima maydonchasiga kirib, darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi, ammo to'p ustun oldidan o'tib ketdi.

32. SHerzod Temirovning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi noaniq bo'ldi, ammo vaziyat juda qulay edi.

24. ZARBAA! Ivan Solovyovning zarbasidan keyin Davronov to'pni ushlab oldi



22. Ibe Mishel Okoroning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

11. SHerzod Temirov chap qanotda raqib himoyachilarini shoshirib qo'ymoqda



9. "Navbahor" darvozasi oldida xavfli vaziyat, ammo Ibe Okoroning zarbasi kuchsiz chiqdi, O'tkir Yusupov o'z o'rnida



5. ZARBA! Sardor Telyakovning zarbasi anchagina noaniq ketdi

1. O'YIN BOSHLANDI!


- Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика