So’nggi yangiliklar

15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди (таҳлил)  2 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   242 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  4 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  2 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  20 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  14 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  5 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  6 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  45 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  8 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  20

“CHig'atoy”da O'FA tomonidan tashkil qilingan bolalar guruhlari faoliyat yuritmoqda Yangiliklar

“CHig'atoy”da O'FA tomonidan tashkil qilingan bolalar guruhlari faoliyat yuritmoqda

O'zbekiston Futbol Federaciyasi yurtimizda futbolni ommalashtirish, bolalar futbolini rivojlantirish, terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni etkazib berish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizdagi istedodli bolalarni saralab olib, ularni futbol bilan muntazam shug'ullanishlarini taminlash, yosh futbolchilarning saviyasini o'stirib borish, yangi istedodlarni kashf qilish maqsadida, O'zbekiston Futbol Associaciyasi tomonidan  “CHig'atoy” sport bazasida istedodli bolalar futbol guruhlari tashkil etilgan bo'lib, bu erda 220 nafarga yaqin 6 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar futbol sir-asrorlarini o'rganishmoqda.

Ushbu guruhlarga O'FA tomonidan Zayniddin Tojiev, Eldor Magdeev, Hikmat Hoshimov kabi o'tmishning futbol yulduzlari va milliy terma jamoa azolari jalb qilingan bo'lib, hozirda jami 12 nafar murabbiy faoliyat olib bormoqda.

Har bir chiziqda harakat qiluvchi futbolchilar bilan alohida murabbiylar ish olib borishini ham alohida takidlab o'tish zarur. Masalan, darvozabonlar murabbiyi yosh futbolchilar bilan alohida mashqlar olib borsa, hujumchilar murabbiyi esa yosh futbolchilarda tezkorlik, kuchli zarba yo'llash, to'purarlik kabi xususiyatlarni shakllantirib borishmoqda.


“CHig'atoy” sport maktabi azaldan yurtimizda mashhur bo'lgan. Bu erdan Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin kabi ko'plab futbolimiz yulduzlari etishib chiqishgan. Keyinchalik turli sabablarga ko'ra bu erdagi maktab o'z faoliyatini to'xtatib qo'ygan edi. Ammo O'zbekiston futbol associaciyasiga yangi rahbar kelganidan keyin birinchilardan bo'lib ushbu futbol maktabining faoliyatini tiklashga kirishildi. O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbuslari bilan bu erda yana futbol guruhlari ish boshladi. Malakali murabbiylar jalb qilindi. Hozirda futbol guruhlarimizda iqtidorli bolalar saralanib bormoqda. O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan futbol guruhlari  azolari nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazishi va o'z mahoratlarini sayqallab borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Umid Muhammadjonovich tomonidan yo'lga qo'yilgan yana bir tashabbusni alohida takidlab o'tish kerak. Futbol guruhlarimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalar bolalari futbol bilan bepul shug'ullanishmoqda. Ulardan hech qanday mablag' talab etilmaydi. Bu esa haqiqiy iqtidor egalarini, istedodli yoshlarni aniqlab olish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.

Umid qilib qolamizki, ushbu guruhlardagi bolalar kelajakda milliy terma jamoalarimiz uchun munosib nomzod bo'lib etishib chiqishadi. Asosiy maqsadimiz ham shu”, - deydi “CHig'atoy” sport maktabi direktori Rustam Abdullaev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика