So’nggi yangiliklar

20:49Костакурта: "Мен Леауни алмаштирмаган бўлардим"  0 20:21Расман: Францис Нарх "Каттақўрғон" футболчисига айланди  1 19:52"Арсенал" ҳимоячиси билан хайрлашмоқчи эмас  1 19:24Кувайт FIFA Series мусобақасида иштирок этмайди  1 18:55"Манчестер Сити" Испания терма жамоаси ҳимоячисига кўз тикди  2 18:27Анчелотти: "Вини — камтар, қувноқ ва ҳақиқий иқтидор"  2 17:59"Атлетико" Альварес бўйича қарор қабул қилди  2 17:31"Реал" футболчиси жамоадаги ўрнидан норози  5 17:02Ди Канио: "Леау майдонда сайр қиляпти"  1 16:33Абдуқодир Ҳусанов Тимбер, Вальверде, Бернарду Силва, Олисе, Осимхен ва Кейн билан бир рўйхатда  10 16:05"Барселона"да янги Месси пайдо бўлиши мумкин  8 15:37Ўзбекистон U-15 терма жамоаси РФА U-16 билан дуранг ўйнади  0 15:15Эшитдик-да! "Манчестер Сити" "Ланс"дан яна бир футболчи сотиб олмоқчи  2 14:47Эрон ФИФАдан ўйинларини АҚШдан Мексикага кўчиришни сўрамоқда  7 14:19"Барселона"да Хулиан Альварес эҳтимолий трансфери ҳақида фикр билдирилди  0

CHempionlar ligasidagi so'nggi ispan klubi francuzlarga qarshi (prevyu) Yangiliklar

CHempionlar ligasidagi so'nggi ispan klubi francuzlarga qarshi (prevyu)

Teglar :  Lion Barselona
Bugun, 13 mart kuni "Barselona" CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasida "Lion"ni qabul qiladi.

Kataloniya klubi Ispaniyaning ushbu turnirdagi so'nggi vakiliga aylandi. "Real" va "Atletiko" o'z janglarida imkoniyatni boy berishdi.

CHempionlar ligasining deyarli har bir kechasida kambeklar amalga oshmoqda, PSJ, "Atletiko", "Roma" kabi jamoalar javob o'yinida raqibga jiddiy qaramagani uchun jazolanishdi. "Barselona" o'ziga kerakli xulosa chiqara olsa, bugun tunda franciyaliklarni uyga CHL chiptasisiz yuborishi mumkin. Agar aksi bo'lsa yana bir grand turnirni tark etadi.

"Barselona"ga oid so'nggi yangiliklar:

- Ayni damda "Barselona" safida deyarli barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor. Jarohat olgan Rafinya shundoq ham maydonga tushmayapti, Usmon Dembele va Tomas Vermalenning uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida.

- Agar Dembele tibbiy testdan o'ta olmasa, Koutino o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatga ega bo'ladi.

 

"Lion"ga oid so'nggi xabarlar:

- "Lion" safida esa Rafael va Marselolar maydonga tushishi nomalum. 

- Nabil Fekir safga qaytdi. U diskvalifikaciya tufayli birinchi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.


Taxminiy tarkiblar

"Barselona": Ter SHtegen, Alba, Yumtiti, Pike, Roberto, Vidal, Buskets, Rakitich, Koutino, Suares, Messi.

"Lion": Lopes, Mendi, Denayer, Marselo, Dubua, Auar, Ndombele, Depay, Fekir, Traore, Dembele.



Qiziqarli malumotlar

- "Lion" CHempionlar ligasidagi so'nggi 6ta o'yinda durang qayd etdi

- "Barselona" "Lion"ga qarshi uyida o'tkazgan oxirgi 3ta bahsida g'alabaga erishgan

- Kataloniya klubi CHempionlar ligasining so'nggi 7ta uchrashuvida mag'lubiyat nimaligini bilmayapti

- "Barselona" "Lion"ga qarshi uyida o'tkazgan oxirgi 3ta o'yinida raqib darvozasiga kamida 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика