So’nggi yangiliklar

23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  2 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  3 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  45 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  22 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  250 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  2 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7

CHempion o'z yurishini boshlaydi. Prevyu Yangiliklar

CHempion o'z yurishini boshlaydi. Prevyu

Kecha dunyoning eng tomoshabop va qiziqarli chempionati bo'lmish Angliya Premer-ligasi start oldi.

Mavsumning ilk to'qnashuvida "Liverpul" CHempionshipdan chiqib kelgan "Norvich"ni ayab o'tirmadi - 4:1.

Bugungi o'yinlarni esa amaldagi chempion boshlab beradi. Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Londonda "Vest Xem" mehmoni bo'ladi. Quyida ana shu uchrashuv prevyusini etiboringizga havola etamiz.

APL, 1-tur

10.08.2019, 16:30

"London stedium"

"Vest Xem" - "Manchester Siti"

Bosh hakam: Mayk Din


Bilasizmi?

- Premer-liganing amaldagi chempionlari faqat ikki marta mavsumni mag'lubiyat bilan boshlashgan. "Lester" tarixiy chempionlikdan keyin 2016/17 yilgi mavsumni "Xall Siti"dan uchralgan mag'lubiyat bilan boshlagan bo'lsa, 2017/18 yilgi mavsumni amaldagi chempion "CHelsi" 3 ochko yo'qotish bilan boshlagan. O'shanda Konte shogirdlarini SHon Daych boshchiligidagi "Byornli" 3:2 hisobida taslim qilgan;

"Vest Xem" APLning amaldagi chempioniga qarshi oxirgi beshta uy o'yinidan uchtasida g'alaba qozongan (3 g'alaba, 2 mag'lubiyat). O'tgan yil "Man Siti"dan uyda 0:4 hisobidagi mag'lubiyat qabul qilib olingan;

Serxio Aguero shu kungacha Premer-liganing dastlabki turida 6ta gol urgan. Bu ayni paytda musobaqada harakatlanayotgan o'yinchilar orasida eng yaxshi ko'rsatkich. Bu borada Kun Aguerodan oldinda Ueyn Runi, Alan SHirer, Frenk Lempard (hammasi 8tadan gol) va Teddi SHeringem (7 gol) bormoqda.


"Manchester Siti" Angliya Superkubogida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin chempionatda ham muvaffaqiyatli start olish uchun harakat qiladi. Zero, tarkib va o'yin jihatidan Gvardiola shogirdlari bugungi raqiblaridan ancha ustun.


Manuel Pellegrini 2013/14 yilgi mavsumda o'zi chempion qilgan sobiq klubiga qarshi ijobiy natija qayd etish uchun etarlicha syurprizlar tayyorlab qo'ygan bo'lsa ne ajab. "Vest Xem" yozgi transfer oynasini yaxshi o'tkazdi desak bo'ladi. Himoya markazidagi qo'rg'on Issa Diop va tayanch yarim himoyachisi Deklan Rays kuchli jamoalarning qiziqishiga qaramay saqlab qolindi. "SHanxay SIPG"ga sotib yuborilgan Arnautovichning o'rniga "Ayntraxi F"dan Sebastyan Aller olib kelindi. Bundan tashqari, "Vilyarreal"dan Pablo Fornals olib kelindi. "Bolg'alar"ning hujumi jiddiy ko'rimoqda. CHicharito, Aller, Lanzini, Fornals, Antonio, Felipe Anderson, Snodgrass... Bunday hujumkor o'yinchilar bilan londonliklardan hujumkor va tomoshabop futbolkutish mumkin. Ayniqsa, o'ta nozik did bilan o'ynovchi va texnikasi yuqori bo'lgan Fornals yangi mavsumda porlashi kutilmoqda.


"Manchester Siti" yozda shunchaki pul sarflash bilan emas, zarur chiziqlarni kuchaytirish bilan shug'ullandi. Yoshi o'tib borayotgan Fernandinonining joyida "Atletiko"dan Rodri olib kelindi. Bundan tashqari, har ikkala qanot himoyasiga Anxelino va Joau Kanselu sotib olindi. Rodri boshlangan mavsumda "shaharliklar"ning asosiy tayanch yarim himoyachisi bo'ladi. Yangi himoyachilar haqida esa oldindan aniq fikr aytish qiyin. Gvardiola uchun eng yomon xabar Leroy Sanening jarohati jiddiy bo'lib chiqqani desak adashmagan bo'lamiz. Zero, bir nechta musobaqada g'oliblik uchun kurash olib boradigan "Man Siti"ga rotaciya uchun ko'proq o'yinchi kerak. SHunga qaramay, "Siti" bugun yaqqol favorit. Amaldagi chempionlarning o'tgan mavsumdan ham kuchliroq bo'lganliklarini Kevin De Bryuynening yana formaga kirib borayotgani bilan ham izohlash mumkin. Belgiyalik o'tgan mavsumni deyarli to'lig'icha o'tkazib yubordi. Yozgi turnelarda esa avvalgi De Bryuyne qaytayotganini ko'z-ko'z qildi. Tayanch zonada Rodri, markazda esa Kevin va David Silvaning bo'lishi "Manchester Siti"ni APLda eng kuchli yarim himoya chizig'iga ega jamoa bo'lib qolishini taminlaydi.


Hujumkor o'tishi kutilayotgan o'yinni tomosha qilishingizni tavsiya qilib qolamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика